O‘zA O`zbek

23.05.2020 Chop etish versiyasi

Hokim yoshlar bilan uchrashdi

Hokim yoshlar bilan uchrashdi

Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi bitiruvchilari bilan uchrashdi.

Samimiy oʻtgan muloqotda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar maqsadi mamlakatimizning xalqaro maydondagi obroʻ-eʼtiborini yana-da yuksaltirish, aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilganligi taʼkidlandi.

photo_2020-05-23_19-50-37.jpg

Uchrashuvda Rustam Xolmatov qayd etganidek, yurtimizda kadrlar salohiyatini oshirish muhim masalalardan. Shu bois, qabul qilinayotgan qonun va qarorlar hamda davlat dasturlarining samarali ijrosida yoshlarning zamonaviy bilim hamda tafakkurga egaligi, tashabbuskorligi, eng muhimi, vatanparvarligi katta ahamiyat kasb etadi

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati maʼlumotlariga koʻra, 2019-2020 oʻquv yilida viloyatdan akademiyaning magistratura yoʻnalishini 11 nafar, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini esa 9 nafar tinglovchi tamomlaydi.

photo_2020-05-23_19-50-41.jpg

890
OʻzA