O‘zA O`zbek

11.09.2018 11:17 Chop etish versiyasi

Hokim katta miqdordagi pora bilan qoʻlga olindi

Hokim katta miqdordagi pora bilan qoʻlga olindi
Toshkent shahar Yunusobod tumani hokimi Baxtiyor Abdusamatov oʻz xizmat xonasida pora olish vaqtida qoʻlga olindi.

Xabarlarda taʼkidlanishicha, B.Abdusamatov yer uchastkalarini ajratish boʻyicha pora olayotgan boʻlgan. Tuman rahbari 7-sentyabr, juma kuni oʻz xizmat xonasida ushlangan.

Baxtiyor Abdusamatov (1976-yilda tugʻilgan, 1996-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, 2003-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan) Yunusobod tumaniga 2017-yil aprelida hokim etib tayinlangan edi. Ungacha Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri oʻrinbosari hamda Oʻzbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi boʻlib ishlab kelgan.

OʻzA
1 740