O‘zA O`zbek

15.10.2019 Chop etish versiyasi

Hindistonlik ishbilarmonlar Namanganda

Hindistonlik ishbilarmonlar Namanganda

Hindiston Respublikasining Gujarot shtati Agrosanoat korporatsiyasi boshqaruvchi direktori Karmjit Singx Randxava boshchiligidagi delegatsiya Namangan viloyatiga keldi.

Uchrashuvda viloyatning qishloq xoʻjaligi hamda baliqchilik sohalaridagi salohiyati hamda Gujarot shtati ishbilarmon doiralari bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Hindistonlik ishbilarmonlar viloyatdagi qishloq xoʻjalik ekin maydonlarini sugʻorish tizimi hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari logistikasiga ham katta qiziqish bildirdi.

Muloqotda viloyat qishloq xoʻjaligi sohasiga investitsiyalar hamda yangi texnologiyalar olib kirish, yetishtirilayotgan hoʻl va quruq mevalarni, sabzavotlarni Hindistonga eksport qilish, shuningdek, shoʻrxok yerlarni tozalashda texnik, konsultativ hamkorlik qilish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

1 570
Akromjon SATTOROV, OʻzA