O‘zA O`zbek

02.08.2018 17:24 Chop etish versiyasi

Hindiston tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga keladi

Hindiston tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga keladi Hindiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Sushma Svaraj 4 avgust kuni mamlakatimizga tashrif buyuradi.

Hindiston delegatsiyasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda.

Tashrif dasturidan, shuningdek, Hindiston tashqi ishlar vazirining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Hukumati va Tashqi ishlar vazirligi rahbariyati bilan uchrashuv va muzokaralari ham o‘rin olgan bo‘lib, mazkur tadbirlar davomida O‘zbekiston – Hindiston hamkorligini yanada rivojlantirishning amaliy jihatlari hamda xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalarni muhokama qilish ko‘zda tutilgan.

O‘zA
2 635