O‘zA O`zbek

14.01.2020 Chop etish versiyasi

Hindiston Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv

Hindiston Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv

2020-yil 14-yanvar kuni Dehli shahriga amaliy tashrif bilan kelgan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Hindiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Subrahmanyam Jayshankar bilan uchrashdi.

Oʻzbekiston TIV rahbari Hindiston Tashqi ishlar vazirligi shafeligida oʻtkazilayotgan “Raisina Dialogue” beshinchi xalqaro konferensiyasiga taklif uchun minnatdorlik bildirdi.

Uchrashuvda Prezident Shavkat Mirziyoyev va Bosh vazir Narendra Modi oʻrtasidagi muhim kelishuvlarga asoslangan Oʻzbekiston-Hindiston hamkorligining holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Vazirlar 2020-yilda boʻlib oʻtadigan oliy va boshqa darajalardagi uchrashuvlar jadvali, qoʻshma tadbirlar oʻtkazish muddatlari boʻyicha takliflarni koʻrib chiqdilar.

Oʻzbekiston va Hindiston iqtisodiy sohadagi hamkorlikni kengaytirishga ustuvor ahamiyat berishi taʼkidlandi.

Afgʻoniston masalasiga alohida eʼtibor qaratildi. Oʻzbekiston va Hindiston Afgʻonistondagi vaziyatni tezroq barqarorlashtirishdan manfaatdorligi taʼkidlandi, bu esa mintaqadagi hamkorlikni faollashtirish va kengaytirish uchun keng imkoniyatlarni ochib berishi qayd etildi. Ushbu maqsadlarga erishishda 2019-yil yanvar oyida Samarqand shahrida ilk bor oʻtkazilgan tashqi ishlar vazirlari darajasida Afgʻoniston ishtirokidagi “Hindiston – Markaziy Osiyo” muloqoti majlislarining muntazam oʻtkazilishi ham koʻmaklashadi.

Uchrashuvda madaniy-gumanitar, ayniqsa, taʼlim va fan sohalaridagi aloqalarni mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi.

724
OʻzA