O‘zA O`zbek

20.08.2019 Chop etish versiyasi

Hindiston logistika sohasida hamkorlik taklifini bildirmoqda

Hindiston logistika sohasida hamkorlik taklifini bildirmoqda

Navoiy viloyati hokimi Q.Tursunov Hindistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi janob Santosh Janini qabul qildi. Bu haqda Navoiy viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuvda ikki tomonlama manfaatli aloqalarni mustahkamlash xususan, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda hamkorlikni yana kuchaytirish kabi muhim masalalar muhokama qilindi. 

Хиндистон элчи 2.jpg

Muzokaralar davomida Hindiston tomonining Navoiyda logistika sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha takliflari o‘rtaga tashlandi. 

Ta’kidlanganidek, Hindiston tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida 200 million dollar miqdorida xorijiy kredit liniyasi bo‘yicha limitlar ajratgan.
Shuningdek, agrar sohada ham hamkorlikning istiqbollari bo‘yicha takliflar o‘rganib chiqildi. 

Хиндистон элчи 1.jpg

Uchrashuv yakunida 170 ta toifa bo‘yicha hindistonlik yetuk mutaxassislarni Navoiy viloyatiga tajriba almashish uchun yuborish imkoniyatlari mavjudligi bildirildi.

1 874
Nuriddin Rahimov, O‘zA