O‘zA O`zbek

09.10.2019 Chop etish versiyasi

Hayotning yuqori sifatli tarafi Ucell bilan har yerda va barcha uchun

Hayotning yuqori sifatli tarafi Ucell bilan har yerda va barcha uchun

ICTEXPO 2019 koʻrgazmasidan bir muncha vaqt oldin Buxoro viloyatining Gʻijduvon tumanida (“Ucell” savdo belgisi ostida) “COSCOM” MCHJ Bosh direktor v.b. Vladimir Kravchenko abonentlar bilan suhbati aks etgan video tasvirni ijtimoiy tarmoqlarda iliqlik bilan qabul qilishdi. Shu sababli, “Ucell” koʻrgazma peshtaxtasida koʻrgazmaga tashrif buyurganlar Vladimir Vladimirovichni tanib, unga toʻgʻridan-toʻgʻri savol berish imkoniyatiga ega boʻlishdi. Kompaniya rahbari katta mamnuniyat bilan sof oʻzbek tilida muloqotda boʻlishi allaqachon bizning abonentlarni zarracha ham ajablantirmay qoʻydi.

Davlat rahbarining koʻrsatmalarini amalda bajarish maqsadida, “Ucell” rahbariyati Kompaniya abonentlari bilan muloqotda boʻlib, isteʼmolchilarning talab va istaklarini oʻrganib chiqish uchun doimiy ravishda viloyatlarga chiqib turadi.

Bu esa oddiy holat boʻlib qoldi.

Shu kunlarda bu kabi uchrashuv Fargʻona vodiysida boʻlib oʻtdi. Kompaniya vakillari Fargʻona viloyatining Quva tumaniga va Andijon viloyatining Qoʻrgʻontepa tumaniga tashrif buyurishdi.

Quva tumanining “Akbarobod” qishloq fuqarolar yigʻinidan kelgan “Ucell” abonenti Kompaniya rahbariyatining Qoʻqonga qilgan tashrifi chogʻida ular bilan tanishgani haqida soʻzlab berdi. Ular ham Buxoroda boʻlib oʻtgan uchrashuv haqidagi video tasvirni koʻrishgan, shundan soʻng Kompaniya rahbarining sahifasini ijtimoiy tarmoqlarda topib, taklifnoma koʻrinishidagi xat yozishgan.

“Ucell-Fargʻona” mintaqaviy boʻlimining rahbari Ikrom Burxonov boshchiligidagi Kompaniyaning bir guruh xodimlari Quvaga tashrif buyurishdi.

Mutaxassislar muammoni joyida oʻrganib chiqib, uni hal qilish yoʻlini topishdi. Aholi punktining uyali aloqa tizimini texnik jihatdan zamonaviylashtirish “Ucell”ning 2020-yil rejalariga kiritildi.

Andijon viloyatining Qoʻrgʻontepa tumanidagi “Ucell”ning sodiq mijozlari soni “Ucell-Andijon” mintaqaviy boʻlimining rahbari Baxtiyorjon Turdiyev hamda hamkasblarining tashrifidan keyin sezilarli darajada oshdi. Ular abonentlarning 4G aloqasini sozlash ishlarini amalga oshirish borasida yozgan murojaatiga javoban “Navroʻz” qishloq fuqarolar yigʻiniga tashrif buyurishdi.

Endi Qoʻrgʻontepada ikkita 4G antennalari oʻrnatilgan va uchrashuvda tuman aholisi taʼkidlaganidek, “endi telefonlarimizda soniyasiga 10 Mb tezlik koʻrsatmoqda”. Kompaniyaga yoʻllagan xat muallifi Nodirbek Ganiyevning aytishicha: “Men oʻzim Kompaniyaning sodiq va xolis abonentlaridanman va barcha tanishlarim va yaqinlarimga faqat Ucell aloqasidan foydalanishini aytaman”.

Prezidentimiz axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari tizimida amalga oshirilayotgan ishlarning tahlili, sohani jadal ravishda rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlarni aniqlashga bagʻishlangan majlisda “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari barcha sohalarni jadal rivojlantirishga yordam beradi va insonlar uchun qulayliklar yaratadi” deb taʼkidlab oʻtganlar.

Biz “Ucell” Kompaniyasi tomonidan joriy etilayotgan zamonaviy texnologiyalar yordamida hayotning eng sifatli tarafi har yerda har bir inson uchun mavjud boʻlib, foyda keltirishiga intilamiz.

Reklama huquqi asosida

1 722
OʻzA