O‘zA O`zbek

22.07.2019 Chop etish versiyasi

“Hayot boshlanishi. Oʻzbekiston”

“Hayot boshlanishi. Oʻzbekiston”

1-3-avgust kunlari Qashqadaryo viloyatida oʻtkaziladigan birinchi Xalqaro Geoturistik forumida ushbu shior asosida yangi turistik brendni targʻib qilish taklif etilmoqda.

Oʻzbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi hamkorlikda tashkil etayotgan forumda Kitob Davlat geologik qoʻriqxonasi obyektlari vizual oʻrganiladi.

Shahrisabz boʻylab ajoyib safar, shaharning asosiy diqqatga sazovor joylariga sayohat kutmoqda. Shuningdek, Kitob kenglik stansiyasida ham ajoyib yangiliklar haqida maʼlumotlar boʻlishi vaʼda qilinmoqda.

Qayd etish joizki, 1979-yilda asos solingan Kitob qoʻriqxonasi Oʻzbekistonning tabiat muhofazasidagi noyob zonalaridan biri sanaladi. Xalqaro tadqiqotlarda taqdim etilgan ilmiy maʼlumotlar oʻrganilganda Kitob Davlat geologik qoʻriqxonasi dunyo okeanidan yerda paydo boʻlgan ilk yodgorliklardan biri ekanligi maʼlum boʻldi. Olimlar suvdan quruqlikka chiqish joyi sifatida mazkur hududni tasdiqlangan.

Geologiya davlat qoʻmitasi mutaxassislarining ilmiy taqdimotlari asosida ilmiy-tadqiqot anjumanlari tashkil etiladi.

630
OʻzA