O‘zA O`zbek

02.08.2020 Chop etish versiyasi

Hayit bayramining oʻziga xos shukuhi

Hayit bayramining oʻziga xos shukuhi


Buxoro viloyati Peshku tumanida saxovatpesha tadbirkorlar tomonidan 945 ta ehtiyojmand oilaga bayram tuhfasi ulashildi.

Qurbon hayiti bayramida saxovatpesha insonlar oʻz imkoniyatidan kelib chiqib ehtiyojmand, ogʻir xastalikka chalingan va nogiron fuqarolarning holidan xabar olib, ularga moddiy va maʼnaviy koʻmak berdi.

Deycha mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi saxovatli tadbirkor Oybek Namozov tomonidan 400 ta ehtiyojmand oilaga 1 qopdan un (25 kg) va 350 ta oilaga 2 kilodan goʻsht tarqatib jami 750 ta oilaga quvonch ulashdi. Tadbirkor Sherzod Boltev tomonidan 100 ta xonadonga, Voxid Jabborov esa 50 ta xonadonga 2 kilodan goʻsht mahsulotlari tarqatildi. Tadbirkorlar tomonidan taqdim etilgan goʻsht mahsulotlari shakllantirilgan roʻyxatga asosan, markazlashgan holda ehtiyojmand oilalarning xonadonlariga yetkazib berildi. Bundan tashqari, yurtimizda keng nishonlanayotgan Qurbon hayiti munosabati bilan Peshku tumani hokimi Amrillo Nazarovning tashabbusiga koʻra, tuman hokimligida 3 bosh jonliq soʻyilib qurbonlik qilindi. Tuman bosh imom xatibi Nosir Jumayev tomonidan Qurʼon tilovat qilindi. Qurbonlik uchun soʻyilgan jonliqlarning goʻshti tumanda yashovchi ehtiyojmand aholi xonadonlariga tarqatildi.

photo_2020-08-02_10-36-32.jpg


2 568
O'zA