O‘zA O`zbek

11.08.2020 Chop etish versiyasi

Haydovchilarga ragʻbatlantirish puli berilmagan, ish sharoitini gapirmasa ham boʻladi

Haydovchilarga ragʻbatlantirish puli berilmagan, ish sharoitini gapirmasa ham boʻladi


Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filialida hukumat qarori bilan koronavirus tarqalishini olidini olish boʻyicha tashkil qilingan tezkor brigadalarga jalb qilingan bir guruh haydovchilarning bir martalik ragʻbatlantirish pulini olmayotgani haqidagi ovozli xabari jiddiy muhokamalarga sabab boʻldi.

Ushbu murojaatga oydinlik kiritish maqsadida filialning mazkur tezkor brigadasi haydovchilari bilan uchrashib, norozilik sabablarini oʻrgandik.

– Uch yildan buyon sanaviatsiya qismida haydovchi boʻlib ishlayman, - deydi Xurshid Tirkashev. – Pandemiya davrida tez tibbiy yordam xizmatini yaxshilash maqsadida tashkil etilgan tezkor brigadaga jalb qilindim. Bu boʻyicha buyruq ham chiqqan. Ammo tez tibbiy yordam xodimlari bilan birga ishlayotgan boʻlsakda, ragʻbatlantirish maqsadida ajratilayotgan pul mablagʻlari bizga berilmay faqat tez tibbiy yordam haydovchilariga berildi. Bizga kelganda esa buyruqda faqat tez tibbiy yordam haydovchilariga 3 million soʻmdan ajratilgan sizlarga emas, deb bizni qilgan mehnatimizni bir tiyinga chiqarishdi. Vaholanki ulardan kam ishlamayapmiz.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-iyundagi qarorida tezkor brigadalar tarkibiga jalb qilingan tibbiyot va boshqa xodimlarni bir martalik moddiy ragʻbatlantirish koʻzda tutilgan. Ushbu qaror ijrosini taʼminlash boʻyicha barcha viloyat sogʻliqni saqlash boshqamalariga Respublika Sogʻliqni saqlash vazirligining 2020-yil 4-avgustda 06-14/493 raqamli xati ham kelib tushgan. Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari Sh. Sharaxmetov imzosi bilan kelgan xatda “toʻlovlar tez tibbiy chaqaruv brigadalarida faoliyat koʻrsatgan barcha xodimlarga shu jumladan haydovchilarga ham tatbiq etilishi” aniq koʻrsatilgan. Shu hujjatlar asosida viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi tomonidan shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga mablagʻ ajratilsa, boshqa muammo yoʻq.

Tezkor chaqiruv brigadasi tarkibiga jalb qilingan 36 nafar haydovchining noroziligiga hukumat tomonidan belgilangan ragʻbatlantirish mabagʻini olmagani sabab boʻlgan.

Xalqimiz sogʻligini himoya qilishni yaxshilash maqsadida tashkil etilgan tezkor chaqiruv tarkibida oʻz hayotini xavf ostiga qoʻyib ishlayotgan xodimlar hukumatimiz tomonidan belgilangan ragʻbatlantirish mablagʻini albatta olishi kerak. Hozirgacha bu mablagʻning olinmagani va tegishli masʼullar tomonidan haydovchilarga qoniqarli javob berilmagani ularning ijtimoiy tarmoqqa chiqishiga sabab boʻlgan.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filiali direktori Davron Toʻlaganov mazkur masalaga izoh berar ekan, viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi bilan bu masalani hal etish choralari koʻrilayotganini aytdi. Biz ham ushbu muammoning tez orada hal etilishiga ishonamiz.

Murojaatni oʻrganish jarayonida boshqa kamchiliklarga ham guvoh boʻldik.

Shoshilinch tibbiy yordam tizimidagi haydovchilar qanday ishni bajarayotgan boʻlsa, ular ham shu ishni bajarayotgan ekan. Ammo gap faqat moddiy ragʻbatlantirish puli berilmaganida emas, karantin talablari asosida zarur mehnat sharoiti yaratilmaganida ham koʻrinib turibdi.

Biz, hayldovchilar bilan suhbatlashayotgan paytda navbatdagi chaqiriqdan qaytgan haydovchi Jamshid Baxriddinov kelib shosha-pisha maxsus kiyimini yechishga tushdi. Uning kiyimlarini maxsus yechinish xonasida emas, shu yerning oʻzida almashtirayotganidan hayratlanib, qayerdan kelganini soʻraganimizda hozir koronavirusdan vafot etgan mayitni joyiga qoʻyib kelayotganini aytdi. Dardini kimga aytishni bilmay yurgan shekilli “Aka, siz dizenfeksiya haqida gapirasiz mashinaga bir qarang umuman talabga javob bermaydi. Qolaversa maxsus kiyimni uchinchi smena kiyishim. Oʻzi har smenada almashtirish kerak” dedi.

photo_2020-08-11_15-39-19.jpg

photo_2020-08-11_15-39-20.jpg

Boshqa tomonda esa bir guruh haydovchilar shu yerning oʻzida ovqat tayyorlashga kirishishdi.

photo_2020-08-11_15-39-21.jpg

Koʻchada biron bir tanishimiz bilan koʻrishsak darrov qoʻlimizni dizenfeksiya qilishga tushamiz. Bular esa kasallikka chalinganlar bilan yuzma-yuz boʻlishsada parvoyiga ham kelmay bemalol ovqat tayyorlashmoqda

– Koʻrib turganingizdek, dam olish xonamiz ham, oshxona ham bir joyda. Yuvinish joyimiz bilan hojatxonani gapirmasa ham boʻladi. Yoʻqdan koʻra bor. Bu yerda kasal yuqtirib olishdan hech birimiz himoyalanmaganmiz. Noiloj, bola-chaqamizni boqish uchun jonimizni hatarga qoʻyib ishlab yuribmiz buning ustiga davlat ajratgan pulni ololmayapmiz, – dedi ovqat qilayotgan haydovchi.

photo_2020-08-11_15-39-22.jpg

photo_2020-08-11_15-39-23.jpg

Dispetcherlik xonasidagi ahvol ham haydovchilarnikidan qolishmaydi. Bir xonada 14-15 nafar yigit-qiz masofa saqlash u yoqda tursin, qoʻpolroq qilib aytganda bir birlariga “yopishib” ishlayotir. Ularning ovqatlanishi ham shu yerning oʻzida ekan.

photo_2020-08-11_15-39-23 (2).jpg

photo_2020-08-11_15-39-24.jpg

– Bir smenada 120-130 ta murojaatni qabul qilamiz, – deydi Feruza Umarova. – Ikki yil davomida ishlayotgan boʻlsam biron marta ragʻbatlantirish olmaganman. Oraliq masofamiz ikki metr boʻlishi kerak. Joyimiz torligi uchun bir-birimizga yaqin turib ishlashga majbur boʻlayapmiz. Misol uchun oʻzim 3 kun isitmalab oʻyimda yotdim noiloj dispetchirlarimiz kamligi bois chiqib ishlashga majburman.

Jiddiy oʻylab qaralsa, bu kamchilikning birortasi hal etib boʻlmaydigan muammo emas. Bu holatga barham berish uchun hukumatimiz tomonidan belgilangan karantin talablariga, yoʻriqnomalarga qaʼtiy rioya qilish kerak xolos.


1 704
Jamshid YORBEKOV (surat), OʻzA