O‘zA O`zbek

19.09.2018 14:53 Chop etish versiyasi

Tamaki tutunidan-da zararli havoga duchor boʻlgan shahar

Tamaki tutunidan-da zararli havoga duchor boʻlgan shahar Ilmiy-fantastik filmlarda urush sahnalarini yoritish maqsadida shaharlarga kompyuter texnologiyalari yordamida maxsus effektlar beriladi, yaʼni ular vayronaga aylantiriladi yoki quyuq tuman hosil qilib vahimali koʻrinishga keltiriladi. Ammo shunday joylar ham borki, ular maxsus effektlarsiz haqiqiy hayotda havoning iflosligi tufayli goʻyo kinolardagidek quyuq tuman ichida qolgan. Shunday shaharlardan bir nechtasi Hindistonda joylashgan.

Bugungi kunda Hindiston poytaxti Dehli shahri aholisiga toza havo inqirozi xavf solmoqda. Xususan, 2017 yilning oxirida havoning sifati shunchalik darajada yomonlashdiki, u kuniga 44 ta tamaki tutuni zarariga teng, deya taʼriflandi. Yaʼni inson kuniga 44 ta tamaki chekishdan zaharlansa, shahar havosidan ham shunday zaharlanadi.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining maʼlumotlari shuni koʻrsatadiki, Hindiston shaharlari yer yuzidagi global miqyosda eng koʻp ifloslangan 20 ta shaharning yuqori oʻrnini egallagan.

Jahon miqyosida atmosfera ifloslanishining salbiy taʼsiri kuchayib, yaqinda oʻtkazilgan tadqiqotlarga koʻra, 2016 yilda 4,2 millionga yaqin oʻlim va yiliga 3,2 millionga yaqin yangi diabet kasalligiga chalinish hollari kuzatilmoqda.

Dubayning “Znera Space“ arxitektura firmasi tomonidan ishlab chiqilgan “Smog project“ - dunyodagi eng iflos shaharlarda havoni tozalash boʻyicha katta taklif bilan chiqdi.

“Smog project“ 2018 yilgi “Arxitektura festivali“ nominatsiyasi uchun “Eksperimental kelajak loyihasi“ toifasiga kiritildi.

Ushbu loyihaga koʻra, havo ifloslangan joylarga baland binolar qurish va 328 metr balandlikda havo filtrlash uskunalarini ishga tushirish rejalashtirilgan. Ularning har biri 100 gektar maydonga xizmat qiladigan, kuniga 353 million kub metr toza havo ishlab chiqarishga qodir boʻladi.

Bunda minora tagidagi oqimlar havoda emlanadi va filtrlashning besh bosqichidan oʻtadi - koʻmir yoqilgan uglerod, salbiy ion generatorlari va elektrostatik zaryadlangan plazma - havo zarralari atmosferaga chiqmasdan oldin bakteriyalar va viruslarni sterilizatsiya qilish uchun havo katalizatori filtridan oʻtadi.

Nyu-Dehlidagi Yer fanlari va iqlim oʻzgarishi energetika va resurslar instituti (TERI) direktori Sumit Sharma “Znera”ning taklifini “maqtovga sazovor“ deb taʼriflaydi.

“Dehlida keng tarqalgan havo ifloslanishini davolash uchun hududni qamrab olish boʻyicha texnologiyani amalga oshirish lozim, ammo bu biz ishonishimiz kerak boʻlgan yagona yechim emas“, deydi u. “Uzoq muddatli, keng koʻlamli havo sifatini yaxshilash uchun tegishli manbalardan va xalqaro tajribalardan foydalanish lozim”.

“Znera”ning dastlabki maqsadi, deydi konsepsiyaning asosiy meʼmori Najmus Chavdry , bu kelajakda havoni tozalashdagi katta qadam boʻlishi mumkin”.

Lekin bu juda uzoq muddat va mashaqqatni talab qiladi. Ammo natija insoniyat uchun juda muhim boʻlishi kutilmoqda.

OʻzA
621