Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

19.08.2017 10:48 Chop etish versiyasi

Xayriya hashari davomida ehtiyojmand va kam ta’minlangan oilalarga sovg‘a-salomlar ulashilmoqda

Xayriya hashari davomida ehtiyojmand va kam ta’minlangan oilalarga sovg‘a-salomlar ulashilmoqda Vatanimiz mustaqilligining yigirma olti yillik bayrami oldidan tashkil etilgan umumxalq xayriya hashari Farg‘ona viloyati shaharu qishloqlarida ham uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda.

Unda odamlar o‘zi yashayotgan, mehnat qilayotgan, ta’lim olayotgan hududlarni, ariq va zovurlar, ko‘cha va xiyobonlar, muqaddas qadamjo va qabristonlarni tozalash-obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etmoqda.

Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda viloyat bo‘yicha hasharda 1 milliondan ziyod aholi qatnashmoqda. 600 dan ortiq qabriston va ziyoratgohda obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Beshariq tumanida ham hashar hamjihatlik ayomiga aylandi. 62 mahalla fuqarolar yig‘inida obodonlashtirish ishlari avjida. Kam ta’minlangan oilalar, yakka-yolg‘iz qariyalar holidan xabar olinib, ularga moddiy yordam ko‘rsatilmoqda. 

–Mahallamizda 3 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi, – deydi “Fayziobod” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Anvarjon Hasanov. –Mustaqillik bayramini munosib kutib olish maqsadida o‘tkazilayotgan  hasharda mahalla ahlining ahil va faolligi namoyon bo‘lmoqda. 

12 (2).JPG

Xayriya hashari davomida shahar va tumanlarda "Hech kim mehr  va e’tibordan chetda qolmaydi!" shiori ostida saxovat tadbirlari o‘tkazilmoqda. Ehtiyojmand va kam ta’minlangan oilalarga sovg‘a-salomlar ulashilib, ular uchun bayram dasturxoni yozilmoqda.  

Hashar viloyatda ko‘tarinki ruhda ruhda davom etmoqda.

Ma’sudjon Sulaymonov, Muqimjon Qodirov (surat), O‘zA
1 284






Все о погоде - Pogoda.uz