Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

19.08.2017 10:41 Chop etish versiyasi

Surxondaryo viloyati: ikki kunlik umumxalq hasharida 1 million 300 mingdan ziyod kishi ishtirok etadi

Surxondaryo viloyati: ikki kunlik umumxalq hasharida 1 million 300 mingdan ziyod kishi ishtirok etadi Umumxalq xayriya hashari Surxondaryo viloyatida ham ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.

Mustaqilligimizning 26-yillik qutlug‘ to‘yini “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” shiori ostida munosib kutib olish va nishonlashga puxta hozirlik ko‘rayotgan Surxondaryo viloyati ahli ham O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-avgustdagi farmoyishiga muvofiq o‘tkazilayotgan tozalik oyligida keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirmoqda. Ko‘chayu xiyobonlar, ko‘p qavatli uylar, muqaddas qadamjolar atrofi tartibga keltirilayotir. Eng ulug‘, eng aziz bayram arafasida foydalanishga topshiriladigan yangi obyektlar, xizmat ko‘rsatish shoxobchalari va boshqa ijtimoiy soha inshootlari  chiqindilardan tozalanib, gulzorga aylantirilmoqda.

–Ulug‘ ayyomlar oldidan uy-joyini saranjom-sarishta qilish, tevarak-atrofning sanitariya xolatini yaxshilashga ahamiyat berish xalqimizga xos yuksak fazilat, – deydi termizlik mehnat faxriysi Anvar Deleverxonov. – Ana shunday ulug‘ qadriyatlarimizni qayta in’om etgan mustaqillik davrida osoyishta va to‘kin turmush kechirayotganimizdan baxtiyormiz. Bunday ulug‘ shodiyonani toza-ozoda mahallada, saranjom-sarishta xonadonda kutib olishning, ko‘tarinki kayfiyatda nishonlashning gashti bo‘lakcha. Shu bois yoshlarimiz amalga oshirayotgan obodonlashtirish-ko‘kalamzorlashtirish ishlariga biz ham qo‘limizdan kelgancha hissa qo‘shishga harakat qilmoqdamiz.

5 (8).jpg

“Mahalla” xayriya jamaot fondi viloyat bo‘limidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, ikki kunlik umumxalq hasharida bir million uch yuz mingdan ziyod kishi ishtirok etadi. Ularning 800  mingga yaqini yoshlardir.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 600 mingga yaqin kishi ishtirok etayotgan hasharning birinchi kunida 700 gektardan ziyod maydon saranjom-sarishta qilinadi, 515 kilmetr ariq-zovurlar tozalanadi, 400 ga yaqin qabriston va ziyoratgoh obodonlashtiriladi. Bu ishlar uchun 460 dan ortiq texnika jalb etiladi.

Xolmo‘min Mamatrayimov, Farhod Abdurasulov (foto), O‘zA
1 355






Все о погоде - Pogoda.uz