O‘zA O`zbek

13.08.2018 21:31 Chop etish versiyasi

Hashar bayram tantanasiga ulanib ketdi

“Obod qishloq” dasturi asosida qayta qurilayotgan Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumanidagi G‘alaba mahallasida Vatanimiz mustaqilligining 27 yilligiga bag‘ishlab “Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Dastur asosida mahallada amalga oshirilayotgan qayta qurish, bunyodkorlik, ta’mirlash, obodonlashtirish ishlarining sur’ati Mustaqillik bayrami arafasida yanada jadallashdi. Bu xayrli ishda mahalla ahli bilan birga, turli vazirlik va idoralar vakillari ham faol ishtirok etmoqda. Jumladan, turar joylar, infratuzilmainshootlari barpo etilishida Favqulodda vaziyatlar vazirligi shaxsiy tarkibi quruvchilari katta hissa qo‘shayotir.

Mahallada hasharda qatnashayotgan ushbu vazirlik vakillari ishtirokida Mustaqillik bayramiga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi. Vazirlikning hasharda namunali ishtirok etayotgan bir guruh xodimlariga tuman hokimligining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbir doirasida taniqli san’atkorlar ijrosida katta konsert dasturi namoyish etildi.

Toshqul Beknazarov, O‘zA
2 089