Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

09.01.2018 10:44 Chop etish versiyasi

Harbiylar va ularning oila a’zolariga ehtirom

14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni
Chirchiq gornizoni ofitserlar saroyida Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 26 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab “Milliy armiyamiz – mardlik va jasorat maktabi” deb nomlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti hamkorligida tashkil etilgan tadbirda ofitserlar, kursantlar va ularning oila a’zolari ishtirok etdi.

Mamlakatimizda yuksak malakali kadrlar bilan ta’minlangan, yurtimiz tinchligi, sarhadlarimiz daxlsizligi va xalqimiz osoyishtaligini himoya qilishga qodir milliy armiyamiz salohiyatini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

– Fond tomonidan harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari salomatligini mustahkamlashga doimiy e’tibor qaratiladi, – deydi “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi bo‘lim boshlig‘i Firdavs Xoliqov. – 2017-yilda hududlardagi ko‘chma tibbiy-ijtimoiy guruhlar shifokorlari tomonidan harbiy qism va muassasalarda ana shunday aksiyalar, targ‘ibot tadbirlari tashkil etilib, 18 mingga yaqin harbiy xizmatchi va ularning oila a’zolari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Malakali mutaxassislarimiz tomonidan aholiga sog‘lom turmush tarzi va uni to‘g‘ri shakllantirish mavzularida zarur tibbiy tavsiyalar berildi.

Tadbirda Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtining faol kursantlari va ularning ota-onalariga tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari topshirildi. "Sug‘diyona" xalq cholg‘ulari milliy kamer orkestrining konsert dasturi barchaga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.

Abdulaziz Musayev, O‘zA
7 668