O‘zA O`zbek

29.03.2020 Chop etish versiyasi

Harbiylar shifokorlarga goʻsht olib bordi

Harbiylar shifokorlarga goʻsht olib bordi

Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi tomonidan ayni paytda karantindagi kishilarga gʻamxoʻrlik koʻrsatayotgan Samarqand viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi xodimlariga goʻsht hamda birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati maʼlum qildi.

Butun dunyoga xavf solayotgan koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda bugun Oʻzbekistonda sogʻliqni saqlash vazirligi xodimlari birinchi qatorlarda “janggohlar”ga kiryapti. Xavfli infeksiya bilan kasallanganlarga yordam koʻrsatyapti.

– Xabar berilganidek, 7 nafar oʻzbekistonlik kasallikdan sogʻaydi. Biz xavfli infeksiya bilan kasallangan barcha bemorlarni oyoqqa turib ketishiga umid bogʻlayapmiz. Bugungi xushxabardan xursand boʻlib, karantinga olingan klinik shifoxona xodimlariga imkoniyat darajasida oziq-ovqat mahsulotlari va tushlik olib bordik, – deydi shartnoma asosida harbiy xizmatchi Otabek Norboyev. – Barcha shifokorlarni mehnatini qadrlaymiz va ularga taʼzim qilamiz.

Markaziy harbiy okrug xizmatchilari, shuningdek, Payariq tumanidagi 20 ta kam taʼminlangan, ehtiyojmand oilalarga ham oziq-ovqat mahsulotlari tarqatdi.

975
Gʻ.HASANOV, OʻzA