O‘zA O`zbek

10.09.2018 15:22 Chop etish versiyasi

Harbiylar oilasi farzandlari uchun sport maydonchasi barpo etildi

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi qoʻmondonlik-shtab fakulteti tinglovchilarining “Vatan” oilaviy yotoqxonasi qoshida bolalar uchun sport maydonchasi bunyod etilib, foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Mudofaa vazirligi rahbariyati, Qurolli Kuchlar akademiyasi harbiy xizmatchilari, “Vatan” oilaviy yotoqxonasida istiqomat qiluvchi harbiylarning oilalari ishtirok etdi. Mazkur sport maydonchasida bolajonlar vaqtini maroqli oʻtkazishi uchun yetarli imkoniyat yaratilgan.

Muhayyo Toshqorayeva, OʻzA
1 212