O‘zA O`zbek

28.08.2018 20:04 Chop etish versiyasi

Harbiylar oilalariga yangi uylar

Harbiylar oilalariga yangi uylar Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi chegarachilar harbiy shaharchasida 24 xonadonga moʻljallangan ikki qavatli yangi uy foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Vatan himoyachilari, hokimiyat, quruvchi tashkilot, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda davlatimiz tomonidan milliy armiyamizning jangovar qudratini oshirish bilan birga, harbiy xizmatchilar, ularning oilalari uchun munosib moddiy, kommunal, maishiy sharoitlar yaratishga katta eʻtibor berilayotgani taʻkidlandi. Zamonaviy meʻmoriy uslubda bunyod etilgan ikki va uch xonali xonadonlardan iborat yangi uy ana shu eʻtiborning yana bir ifodasi boʻldi.

– Vatanimiz mustaqilligining 27 yilligi arafasida yangi uyga ega boʻlganimizdan behad xursandman, – deydi serjant Baxtiyor Ismoilov. – Ikki xonali zamonaviy jihozlangan uyda oilamiz uchun barcha qulaylik bor. Davlatimizning bu gʻamxoʻrligi mening va safdoshlarimning jangovar, ruhiy tayyorgarligini yanada oshiradi. Men bu gʻamxoʻrlikni Vatanimga, xalqimga va Prezidentimga sodiq xizmat qilish bilan oqlayman.

Badiiy jamoalar tomonidan namoyish etilgan konsert dasturi uy toʻylarida ishtirok etayotganlarga yaxshi kayfiyat ulashdi.

Toshqul Beknazarov, Jamshid Yorbekov (surat) OʻzA
2 066