Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

05.01.2018 19:24 Chop etish versiyasi

Harbiylar o‘rtasida “Tafakkur” intellektual musobaqasining yakuniy natijasi qanday bo‘ldi?

Harbiylar o‘rtasida “Tafakkur” intellektual musobaqasining yakuniy natijasi qanday bo‘ldi?
14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni

Qarshida “Milliy armiyamiz – yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir” shiori ostida Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 26 yilligi va 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyati kengashi tashabbusi bilan harbiy xizmatchilar o‘rtasida “Tafakkur” intellektual musobaqasi o‘tkazildi.

Unda Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugiga qarashli harbiy qismlarda xizmat burchini o‘tayotgan harbiy xizmatchilardan iborat “Tafakkur”, “Himoyachi”, “A’loqachilar”, “Samo lochinlari”, “O‘zbegim”, “Chegarachilar” jamoalari o‘zaro bahslashdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, “Himoyachi” jamoasi g‘olib bo‘ldi. “O‘zbegim” va “Samo lochinlari” jamoalari ikkichi va uchinchi o‘rinlarni egalladi.

4 (1).jpg

– Bugungi tadbirda harbiy xizmat bilan birga kitob mutolaasi, aqlni charxlash va xotirani mustahkamlash mashqlari bilan ham muntazam shug‘ullanishimiz zarurligini yanada teran angladik, – deydi “Himoyachi” jamoasi sardori, serjant Bobur Xoliqulov. – Jamoamizning maqsadi intellektual salohiyatimizni yuksaltirib, keyingi o‘yinlarda yanada yaxshiroq natijalarni qo‘lga kiritishdir.

Tadbir doirasida namoyish etilgan “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi yosh estrada xonandalari hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi qoshida tashkil etilgan “Quvnoqlar va zukkolar” jamoalari chiqishlari barchaga xush kayfiyat bag‘ishladi.

O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA
12 258