O‘zA O`zbek

30.08.2018 20:47 Chop etish versiyasi

Harbiylar jasorati suratlarda aks etganda...

Qurolli Kuchlar davlat muzeyida mustaqilligimizning 27 yilligi munosabati bilan “Eng ulugʻ, eng aziz” nomli foto koʻrgazma oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi masʼullari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, harbiylar, professional va havaskor fotosuratchilar ishtirok etgan tadbirda tizimda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar milliy armiyamizning jangovar tayyorgarligi va harbiy salohiyatini yanada oshirishga xizmat qilayotgani taʼkidlandi.

Koʻrgazmada Mudofaa vazirligi tizimida faoliyat yurituvchi harbiy xizmatchilar, ularning oila aʼzolari, professional va havaskor ijodkorlarning portret, peyzaj va fotoreportaj yoʻnalishlarida taqdim etgan ishlari namoyish qilindi.

Mamlakatimizning goʻzal va soʻlim goʻshalari, yurt tinchligi uchun xizmat qilayotgan harbiylar hayoti, zamonaviy qurol-yarogʻ va texnikalar, jangovar qobiliyati, tezkor tayyorgarligi yuqori soha zahmatkashlarining qiyofasi aks etgan suratlar tomoshabinlarda yaxshi taassurot qoldirdi.

Koʻrgazmada Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti oʻqituvchisi J.Jumayevning ijodiy ishlari eng yaxshi deb topildi.

Tashkilotchilar tomonidan faol ishtirokchilarga diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Abdulaziz Musayev, OʻzA
1 266