O‘zA O`zbek

06.08.2018 15:07 Chop etish versiyasi

Harbiylar “Eng yaxshi yosh kitobxon” tanlovida bellashdilar

Harbiylar “Eng yaxshi yosh kitobxon” tanlovida bellashdilar
Buyuk allomalar, adib va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng o‘rganish va targ‘ib qilish maqsadida yoshlar o‘trasida kitobxonlik tanlovlari davom etmoqda.

Toshkent harbiy okrugi harbiy qism va muassasalari miqyosida “Eng yaxshi yosh kitobxon” tanlovi o‘tkazildi.

Tadbirda Toshkent harbiy okrugi qo‘mondonligi, O‘zbekiston xalq shoirilari Mahmud Toir va Zulfiya Mo‘minova, O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasi a’zosi Dilorom Ismoilova, Mudofaa vazirligi xuzuridagi Jamoatchilik kengashi mintaqaviy bo‘limi a’zosi Qaxramon Haydarov, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Chirchiq shahar kengashi raisining o‘rinbosari Nargiza Kenjayevalar ishtirok etdi.

Tanlovda harbiy qismlarda o‘tkazilgan bellashuvlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 20 nafar harbiy xizmatchilar o‘zaro bellashdilar. Yakuniy natijalarga ko‘ra, muddatli harbiy xizmatchi oddiy askarlar Bog‘ibek Ashirov 1-o‘rinni, Botir Ro‘ziyev 2-o‘rinni, Abror Yuldashev 3-o‘rinni egalladi.

Shuningdek, Markaziy harbiy okrugda ham tanlovning navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Samarqanddagi “Kitob olami” ma’naviy-ma’rifiy savdo majmuasida o‘tkazilgan tanlovda harbiy qism va muassasa vakillari ishtirok etib, “O‘zbek adabiyoti bilimdoni”, “Jahon adabiyoti bilimdoni” va “Buyuk mutafakkir va adib” shartlari bo‘yicha o‘zaro bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.

O‘tkazilgan tanlov yakunida faxrli 1-o‘rin muddatli harbiy xizmatchi oddiy askar Sherzod Begamovga nasib etgan bo‘lsa, 2-o‘rinni oddiy askar Oybekjon Oripov egalladi. Oddiy askar Nurali Mo‘minov kuchli uchlikka yakun yasadi.

Tanlov g‘oliblari okrug qo‘shinlari qo‘mondonlarining faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Mazkur tanlovning keyingi bosqichi, shuningdek Janubi-g‘arbiy maxsus, Sharqiy va Shimoli-g‘arbiy harbiy okruglarda ham o‘tkaziladi.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA
2 778