O‘zA O`zbek

30.08.2018 19:51 Chop etish versiyasi

Harbiylar bayramni yangi uyda nishonlaydi

Harbiylar bayramni yangi uyda nishonlaydi Eng ulugʻ, eng aziz bayram – Mustaqilligimizning 27 yilligi arafasida Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrugiga qarashli Termiz shahridagi harbiy qismlarning bir guruh harbiy xizmatchilariga yangi xizmat uylari kaliti tantanali topshirildi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Prezidentimiz, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan milliy armiyamizni zamonaviy texnika va yangi qurol-aslaha bilan taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilib, harbiy kadrlar tayyorlash tizimining qayta koʻrib chiqilgani Qurolli Kuchlarimizningjangovar qudrati va salohiyatini yuksaltirishda muhim omil boʻlayotgani taʼkidlandi. Bu jarayonda harbiylar va ularning oila aʼzolarini kuchli ijtimoiy himoya qilishga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Barcha sharoitlarga ega yangi uy-joylar bilan taʼminlanmoqda.

Termiz shahrida barpo etilgan 32 xonadonga moʻljallangan koʻp qavatli uyda harbiylar va ularning oila aʼzolari uchun zarur qulayliklar yaratildi.

– Yangi uyda barcha sharoit mavjud, – deydi katta leytenant A.Amirov. – Mehmonxona, oshxona va boshqa yordamchi xonalar zamonaviyjihozlangan. Bu yerdagi qulayliklardan ayniqsa, turmush oʻrtogʻim va farzandlarimiz juda xursand. Vatan oldidagi xizmat burchimizni sharaf bilan bajarish uchun bizga shunday sharoitlar yaratib berayotgan davlatimizdan behad minnatdormiz.

Xolmoʻmin Mamatrayimov, Jonibek Qoʻzimurodov (surat) OʻzA
2 147