Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

10.02.2017 13:46 Chop etish versiyasi

Harbiy xizmatga puxta tayyorgarlik

Prezidentimizning 2016-yil 21-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatlarini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida joylarda yigitlarni muddatli harbiy xizmatga tantanali kuzatish marosimlari o‘tkazilmoqda.

Muddatli harbiy xizmatga chaqirilayotganlar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirgan, o‘z mustaqil fikriga ega yuksak salohiyatli yoshlardir.

Birinchi Prezidentimiz rahnamoligida sohada amalga oshirilgan izchil islohotlar jarayonida tuman va shahar mudofaa ishlari bo‘limlari chaqiruv punktlarining infratuzilmasi tubdan yaxshilanib, muddatli harbiy xizmatga chaqiriluvchilarning oilaviy ahvoli, bilim darajasi, jismoniy va aqliy qobiliyatini o‘rganishni yanada takomillashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

– Viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi yig‘in punktida chaqiriluvchilarni muddatli harbiy xizmatga tantanali ravishda kuzatish va kutib olish, ularni tegishli tanlovlar va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun barcha sharoit yaratilgan, – deydi Farg‘ona viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi chaqiruv bo‘limi boshlig‘i, mayor Sh.Rahmonov. – Chaqiriluvchilar bilan tushuntirish ishlari olib borish, ota-onalar va mahalla faollari bilan suhbat o‘tkazish, ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik, ma’lumot va axborot berish xonalari, kuzatuv marosimlarini tashkil etish zali zamon talablari darajasida jihozlangan.

Chaqiruv komissiyasi a’zolari tarkibiga mahalliy davlat hokimiyati organlari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, xotin-qizlar qo‘mitasi, “Nuroniy” jamg‘armasi va “Mahalla” xayriya jamoat fondi vakillari kiritilgani chaqiriluvchilar uchun o‘tkazilayotgan tanlov va sinovlarda oshkoralik va jamoatchilik nazoratini ta’minlamoqda.

– Zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan tibbiy komissiya xonalarida oliy toifali shifokor va mutaxassislar faoliyat ko‘rsatmoqda, – deydi Farg‘ona viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik K.Berdiyev. – Bu armiya saflariga har tomonlama sog‘lom, jismonan barkamol yigitlarni tanlab olish imkonini berayotir.

Ma’sudjon Sulaymonov, O‘zA
1 664






Все о погоде - Pogoda.uz