Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

10.02.2017 15:06 Chop etish versiyasi

Harbiy xizmatga otlanayotgan yigitlarga esdalik sovg‘alari topshirildi

Harbiy xizmatga otlanayotgan yigitlarga esdalik sovg‘alari topshirildi Buxoro viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi yig‘in punktida Prezidentimizning 2016-yil 21-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatlarini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan yigitlarni tantanali kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Viloyat hokimligi, viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, ota-onalar, harbiy xizmatchilar ishtirok etgan tadbirda muddatli harbiy xizmatga har tomonlama sog‘lom, belgilangan sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan chaqiriluvchilar jalb etilayotgani Qurolli Kuchlarimiz salohiyatini yanada oshirishda muhim omil bo‘layotgani ta’kidlandi.

Chaqiruv mavsumini yuqori saviyada, sifatli o‘tkazish maqsadida joylardagi chaqiruv punktlarida chaqiriluvchilarning salomatligi, jismoniy va intellektual salohiyatini ko‘rikdan o‘tkazish orqali munosib yigitlarni saralash uchun barcha sharoit yaratildi. Chaqiruv komissiyalari davlat va jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat tarkibda shakllantirildi.

– Muddatli harbiy xizmatni o‘tab kelgan yigitlarga havas qilib, o‘g‘lim Shamshodbekni ham harbiy libosda ko‘rishni orzu qilardim, – deydi g‘ijduvonlik Dilbar Obidova. – Bugun o‘g‘lim Vatan posbonlari safiga qo‘shilmoqda. Bu chindan ham faxr. Shamshodbegim harbiy xizmatni munosib o‘tab, bizning, Prezidentimizning ishonchini oqlashiga ishonaman.

Harbiy xizmatga otlanayotgan yigitlarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Nuroniylar yigitlarga oq yo‘l, yurtimizga hamisha tinchlik-osoyishtalik tilab duo qildi.

Tadbirda Buxoro viloyati hokimi O‘.Barnoyev so‘zga chiqdi.

Erkin Yodgorov, Tohir Istatov (surat), O‘zA
2 071






Все о погоде - Pogoda.uz