O‘zA O`zbek

20.09.2018 Chop etish versiyasi

Harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari marafonda

Harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari marafonda Respublikamizda harbiy xizmatchilarni turli madaniy-maʼrifiy tadbirlarga jalb etish, ularning dam olish kunlarini har tomonlama mazmunli oʻtkazish, ularning tarixiy qadamjolar haqidagi bilimlarini boyitish maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xonadonida xotirjamlik boʻlgan, nafaqat oʻzi, balki oila aʼzolari sogʻlom yurgan harbiy xizmatchi oʻz vazifasiga sidqidildan kirisha oladi. Salomatlik esa sogʻlom turmush tarziga amal qilish, jismoniy tarbiya bilan doimiy shugʻullanishga bogʻliq.

Jizzax viloyatida harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari oʻrtasida “Sogʻlom hayot sari” shiori tashkil etilgan marafonning ochilishida shular haqida soʻz bordi.

Uzoq masofaga yugurish musobaqasida viloyatdagi harbiy qismlarda xizmat qilayotgan 30 dan ortiq harbiylarning turmush oʻrtoqlari, farzandlari ishtirok etdi.

Marafon gʻoliblariga faxriy yorliqlar va esdalik sovgʻalari topshirildi.

photo_2018-09-14_14-49-45.jpg

photo_2018-09-14_14-48-54.jpg


1 521
OʻzA