Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.01.2018 12:10 Chop etish versiyasi

Harbiy xizmatchilar uchun yangi uylar qurilib, foydalanishga topshirildi

Harbiy xizmatchilar uchun yangi uylar qurilib, foydalanishga topshirildi 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni oldidan Nukus shahrida harbiy xizmatchilar uchun yangi uylar qurilib, foydalanishga topshirildi.

36 xonadonga mo‘ljallangan ikkita ko‘p qavatli zamonaviy turarjoy harbiylarga Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 26-yilligi oldidan munosib sovg‘a bo‘ldi. Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tantanali marosimda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

— Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi harbiy qismlaridan birida 2005-yildan buyon shartnoma asosida xizmat qilaman, - deydi serjant Jengisboy Allaniyozov. — Bugun ikki xonali uy kalitini berishdi. Bundan behad xursandmiz. Bu, o‘z navbatida, Vatan oldidagi muqaddas burchimizni sharaf bilan ado etishda yanada kuch va g‘ayrat bag‘ishlaydi.

2 (2).jpg

5 (1).jpg

21 (1).jpg

11 (5).jpg

Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA
8 554