Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

23.04.2018 11:03 Chop etish versiyasi

Harbiy xizmatchilar tomonidan yetmishga yaqin qabriston obodonlashtirildi

Harbiy xizmatchilar tomonidan yetmishga yaqin qabriston obodonlashtirildi Yurtimizda turli bayramlar, muhim sanalar arafasida umumxalq hayriya hashari o‘tkazish va shu orqali hududlarni obodonlashtirish yaxshi an’anaga aylangan.

Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida 22 aprel yakshanba kuni respublika hududida joylashgan muqaddas qadamjolar, masjid va qabristonlarni obodonlashtirishdek ezgu ishlarda besh mingdan ziyod harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, vazirlik markaziy apparati harbiy xizmatchilari hamda Qurolli Kuchlar ishchi xizmatchilari tomonidan Toshkent shahridagi “Botkina” nomli qabristonda uyushqoqlik bilan hashar tashkil etildi. Qabrlar atrofi, ariq va yo‘laklar tozalandi. Panjaralarni bo‘yash, daraxt va devorlarni oqlash, payvandlash kabi yumushlar bajarildi. 
samarqand.jpg 

Bu kabi tadbirlar shu kuni Respublikamizning chekka hududlarida ham davom etdi. Toshkent shahrida 18 ta, Jizzax, Samarqand shaharlarida 8 ta, Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro viloyatlarida 20 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 16 ta hamda Farg‘ona, Andijon, Namangan viloyatlaridagi 7 ta qabristonlar hashar yo‘li bilan obod etildi.

O‘zA
3 382