Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

18.08.2018 11:17 Chop etish versiyasi

Harbiy xizmatchilar qahramonlarcha halok bo‘lgan quroldoshlarining oilasidan xabar olishmoqda

Harbiy xizmatchilar qahramonlarcha halok bo‘lgan quroldoshlarining oilasidan xabar olishmoqda

Eng ulug‘, eng aziz bayramimiz arafasida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi xodimlari xizmat burchini o‘tash chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oilasidan xabar oldi.

photo5458792275623651624.jpg

Jumladan, bir guruh harbiy xizmatchilar Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida bo‘lib, 2000-yilda Surxondaryo viloyati Sariosiyo va Uzun tumanlarida jangarilarga qarshi kurashda halok bo‘lgan Ma’rufjon Rajabovning uyiga, shuningdek, u tahsil olgan maktabga bordi. Tumandagi 18-umumta’lim maktabiga Ma’rufjon Rajabovning nomi berilgan bo‘lib, hozirda ushbu maktabga qahramonimizning akasi, zaxiradagi podpolkovnik To‘lqin Rajabov rahbarlik qilmoqda.

photo5458792275623651625.jpg

Mazkur umumta’lim maktabida marhumning onasi Shakarbonu aya G‘ofurova ishtirokida, o‘quvchi yoshlar hamda faxriylar uchun “Vatan fidoyi farzandlarini unutmaydi” shiori ostida xotira uchrashuvi o‘tkazildi. Ularga tashkilotchilar tomonidan turli sovg‘a-salomlar ulashildi.

photo5458792275623651626.jpg

Ma’ruf Rajabov bilan jang maydonida birga kurashgan serjant Alisher Kattaqulov yig‘ilganlarga o‘sha kunlar xotiralari haqida so‘zlab berdi.

Shu bilan birga, Samarqand shahrida ham yuqorida qayd etilgan janglarda terroristik kuchlarga qarshi kechgan kurashda mardlarcha halok bo‘lgan leytenant Sayyor Sadinovning xotirasiga bag‘ishlab yoshlar bilan uchrashuv tashkillashtirildi. Samarqand shahridagi 19-umumta’lim maktabi Sayyor Sadinov nomi bilan atalmoqda va u yerga marhumning byusti o‘rnatilgan.

Tadbir so‘ngida harbiy xizmatchilar faoliyatiga bag‘ishlangan hujjatli film namoyish etildi.

M. Toshqorayeva, O‘zA
2 339