Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

20.03.2017 17:11 Chop etish versiyasi

Harbiy xizmat – faxr va sharaf

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugiga qarashli harbiy qismda muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan askarlar qasamyod qabul qildi.

Prezidentimizning 2016-yil 21-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatlarini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘tkazilgan tadbirda ofitserlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, askarlar, ularning ota-onalari ishtirok etdi.

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni, polkovnik T.Ergashev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari M.Aleuov, askar onasi A.Abdureyimova, oddiy askar M.Anvarov va boshqalar mamlakatimiz mustaqilligi, hududiy yaxlitligi va chegaralarimiz daxlsizligi, xalqimizning tinch-osoyishta hayotini ishonchli himoya qilishga qodir milliy armiyamiz yoshlar uchun chinakam mardlik va vatanparvarlik maktabiga aylanganini alohida ta’kidladi.

Askarlar Vatanimiz tinchligi va xalqimiz osoyishtaligi yo‘lida sadoqat bilan xizmat qilishga qasamyod qildi.

– Alpqomat askar yigitlarimizning komandirlar oldida saf tortib turganini ko‘rishning o‘zi g‘oyat zavqli, – deydi Andijon viloyati Marhamat tumanidan kelgan Kamolaxon Teshaboyeva. – Ular safida o‘g‘lim ham borligidan faxrlanaman. Bu yigitlar yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi uchun sidqidildan xizmat qilishiga ishonaman.

Tadbirda askarlar tomonidan saf va jangovar tayyorgarlik bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi san’at ustalari va estrada xonandalari tomonidan namoyish etilgan konsert dasturi tadbirga yanada fayz bag‘ishladi.

Aminboy Ortiqboyev, O‘zA
465






Все о погоде - Pogoda.uz