O‘zA O`zbek

07.08.2019 Chop etish versiyasi

Harbiy-tibbiy estafeta: Ayollar oʻrtasida toʻsiqli yoʻlakdan oʻtish mashqi boʻlib oʻtdi

Harbiy-tibbiy estafeta: Ayollar oʻrtasida toʻsiqli yoʻlakdan oʻtish mashqi boʻlib oʻtdi

7-avgust, “Forish” togʻ poligoni. V “Xalqaro armiya oʻyinlari – 2019” doirasida oʻtkazilayotgan “Harbiy-tibbiy estafeta” tanlovi. Ikkinchi shart – “Individual mahorat”. Ayollar oʻrtasida toʻsiqli yoʻlakdan oʻtish mashqi... Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti jarayonni quyidagicha bayon etadi:

Mazkur shartda jamoalar granata uloqtirish, AK-74 qurolini notoʻliq qismlarga ajratish, estafeta hududini bir bor aylanib oʻtgan holda maxsus tunnel, turli murakkab toʻsiqlar hamda belgilangan ogʻirlikdagi qutilarning joyini koʻchirish, shuningdek, BTR jangovar texnikasining ostidan emaklab oʻtgan holda AK-74 qurolini toʻliq qismlarga yigʻish va yoʻlak boʻylab yugurgan holda finish chizigʻidan oʻtish kabi bosqichlarni bajardi.

Unda Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi sharafini himoya qilgan harbiy xizmatchilar ishonchli harakat qilib, yaxshi natijalar qayd etdi.

– Biz Oʻzbekiston vakillari bilan estafeta yoʻlakchalari boʻylab musobaqalashdik, – deydi qozogʻistonlik yefreytor Shamchirak Serjonova. – Shuni aytishim mumkinki, Oʻzbekistonliklar “Harbiy-tibbiy estafeta” tanloviga nihoyatda puxta hozirlik koʻrishgan ekan. Men avval ham ushbu musobaqada qatnashganman. Oʻzbekistonda boʻlib oʻtayotgan bellashuvlarning tashkil etilishi ham menga manzur boʻldi. Barcha jamoalarga omad tilayman.

Bizni kuzatishda davom eting, qisqa fursatda ayollar va erkaklar oʻrtasida ushbu shart boʻyicha gʻoliblar nomi eʼlon qilinadi.

3 954
OʻzA