O‘zA O`zbek

10.10.2019 Chop etish versiyasi

Harbiy qismga maxsus avtomashinalar topshirildi

Harbiy qismga maxsus avtomashinalar topshirildi

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrugiga qarashli harbiy qismga maxsus harbiy avtomashinalarni tantanali topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

Unda Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug qoʻmondonligi vakillari, hududda joylashgan umumtalim maktablari oʻquvchilari hamda harbiy qism shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.

Tadbirda avtomobil kalitlari oʻz egalariga topshirildi.

– Koʻrsatilayotgan bunday eʼtibor va olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlardan cheksiz quvonch hamda gʻurur hissini tuymoqda, – deydi kichik serjant Elyor Temurboyev. – Endilikda bu avtomobillar harbiy xizmatchilarning uzogʻini yaqin qiladi. Bu ragʻbat zimmamizdagi masʼuliyatni yana bir bor oshiradi va biz harbiylar vazifamizni sidqidildan bajarishga doim shaymiz.

Tadbir davomida oʻquvchi yoshlar harbiy qismda yaratilgan shart-sharoitlar hamda mavjud qurol-yaroq va harbiy texnikalar bilan yaqindan tanishtirildi.

313
Oʻ.BAROTOV, OʻzA