Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

14.06.2018 11:34 Chop etish versiyasi

Harbiy qismda yoshlar festivali bo‘lib o‘tdi

Chirchiq shahridagi harbiy qismda maktab, litsey va kasb-hunar kolleji o‘quvchilari ishtirokida yoshlar festivali bo‘lib o‘tdi.

Festival ochilishida harbiy qism mas’ul ofitserlari, sportchi yoshlar so‘z olib, Qurolli Kuchlar tizimida amalga oshirilayotgan tub islohotlar, harbiylarga yaratilayotgan sharoitlar, yoshlarga berilayotgan keng imkoniyatlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Tadbirning badiiy qismidagi kuy va qo‘shiqlar, she’rlar davraga yanada ko‘tarinkilik bag‘ishladi. Harbiy qism maydonida harbiy texnika, qurol-aslahalar ko‘rgazmasi namoyish etildi. O‘qotar qurollar, zirhli texnikalar va muddatli harbiy xizmat bilan bog‘liq qiziqarli ma’lumotlar yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Shuningdek, “O‘zdavkitobsavdota’minot” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan tashkil etilgan kitob yarmarkasida askarlar va o‘quvchilar jahon va o‘zbek adabiyotining durdona asarlarini xarid qilish imkoniga ega bo‘lishdi.

Mehayyo Toshqorayeva, O‘zA
1 288