Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

10.01.2018 13:55 Chop etish versiyasi

Harbiy gospitalga “So‘g‘diyona” keldi

“So‘g‘diyona” o‘zbek davlat xalq cholg‘ulari kamer orkestri san’atkorlari konsert dasturi bilan Mudofaa vazirligining markaziy harbiy klinik gospitali bemorlari va xodimlari huzuriga tashrif buyurdi. Bu «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya jamg‘armasining bayram sovg‘asi bo‘ldi.

Mudofaa vaziri buyrug‘i bilan harbiy gospitalning bir guruh xodimlari harbiy xizmatchilar sog‘lig‘ini saqlash yo‘lidagi xizmatlari uchun rag‘batlantirildi.

Tadbirda Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi harbiy-tibbiy fakultet kursantlari ham faol ishtirok etib, harbiy xizmatchilarning maxsus qurol-aslahalaridan namunalar namoyish qildi.

Ablay Kamolov, O‘zA
899