Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.03.2017 15:24 Chop etish versiyasi

Harakatlar strategiyasi – taraqqiyot omili

Prezidentimizning 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni hamda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi ijrosini ta’minlash borasidagi vazifalar O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Buxoro viloyati kengashida o‘tkazilgan yig‘ilishda keng muhokama qilindi.

– Beshta yo‘nalishdan iborat Harakatlar strategiyasida huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etishga qaratilgan islohotlarni chuqurlashtirish, mamlakat taraqqiyotini jadallashtirish va xalq farovonligini yanada oshirish borasida aniq vazifalar belgilangan, – deydi partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi a’zosi Q.Jo‘rayev. – Partiyamizning dasturida ko‘plab masalalar qatorida sud-huquq tizimini takomillashtirish, sudlar mustaqilligini mustahkamlash, fan va ta’lim sohasini rivojlantirish, millatlararo totuvlik kabi vazifalar muhim o‘rin egallaydi. Hujjatda belgilangan vazifalarni amalga oshirish davlat organlari, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari va barcha fuqarolardan yanada faollik, ishga mas’uliyat bilan yondashishni, hamjihatlikni talab qiladi.

Prezidentimizning tuman va shaharlardagi haqiqiy ahvolni o‘rganish, tahlil qilish hamda tegishli rahbarlarning mahalliy Kengashlarda hisobotini eshitish tizimini joriy etish borasidagi taklifi parlamentning xalq bilan yanada yaqinlashishiga, samarali muloqotga kirishishiga, odamlarning dardini eshitish va joylardagi ijro hokimiyati mas’uliyatini yanada kuchaytirishga xizmat qilishi ta’kidlandi. Bu joylardagi hal etilishi lozim bo‘lgan masalalarni o‘rganish, muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish, qabul qilingan qonunlar ijrosi samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Jarayonda mahalliy Kengashlardagi deputatlar ham Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari bilan hamkorlikda ishlashi muhim ahamiyatga ega.

Partiyadan xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga 50 dan ziyod deputat saylangan. Ular oldida aholi salomatligi, onalik va bolalikni muhofaza qilish, kollej bitiruvchilari bandligini ta’minlash, dori vositalari narxini nazorat qilish, sog‘lom avlod tarbiyasi, davlat tomonidan yo‘naltiriladigan mablag‘larning samarali va oqilona sarflanishi ustidan deputatlik hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish kabi dolzarb masalalarga alohida e’tibor qaratish zarurligi qayd etildi.

Ishtirokchilar aholi o‘rtasida Harakatlar strategiyasi mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish, partiya tizimi hamda deputatlik korpusi ishini kuchaytirish masalalari yuzasidan fikr almashdi.

Erkin Yodgorov, O‘zA
720






Все о погоде - Pogoda.uz