Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

02.03.2017 20:06 Chop etish versiyasi

Harakatlar strategiyasi – rivojlanish omili

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Namangan viloyati kengashida 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi hamda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi ijrosini ta’minlashda partiya oldida turgan dolzarb masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda partiya viloyat kengashi a’zolari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlar deputatlari, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti viloyat hududiy bo‘linmasi xodimlari, jurnalistlar ishtirok etdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qabul qilingan mamlakatimizning kelgusi besh yillik taraqqiyot strategiyasi barcha sohalarni liberallashtirish, modernizatsiya qilish, amalga oshirilayotgan islohotlar samarasini yanada yuksaltirish, davlat va jamiyat rivojini yangi bosqichga ko‘tarishda muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi. Ayni paytda mamlakatimizda keng ko‘lamli siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni izchil davom ettirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlar belgilanib, ularning ijrosini to‘laqonli ta’minlash bo‘yicha barcha davlat va jamoat tashkilotlari oldiga aniq vazifalar qo‘yilmoqda.

– Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasi mamlakatimizni iqtisodiy taraqqiy ettirish, xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishda yangi bosqichni boshlab berdi, – deydi xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Abdusalom Umarov. – Partiyaning viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlik guruhlari, partiya faollari oldida turgan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida Harakatlar strategiyasining har bir yo‘nalishi puxta o‘rganilib, tahlil qilindi.

Yig‘ilishda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi ijrosini ta’minlash, Harakatlar strategiyasida belgilangan davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishda siyosiy partiyalar tomonidan shakllantirilgan vakillik organlarining ish usul va uslublari atroflicha muhokama qilindi. Partiya viloyat kengashi va deputatlik guruhlarining kelgusi vazifalari belgilab olindi.

Akramjon Sattorov, O‘zA
657






Все о погоде - Pogoda.uz