O‘zA O`zbek

23.08.2018 15:52 Chop etish versiyasi

Har qanday bayramni bolalar shodligi bezaydi

Har qanday bayramni bolalar shodligi bezaydi

Mamlakatimizda Qurbon hayiti bayram qilinayotgan shu kunlarda Buxoro shahridagi 32-Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari davrani keng olishdi. 

Mehr-saxovat, shukronalik kabi qadriyatlarimiz mujassam ushbu ayyomda 100 nafardan ziyod oʻgʻil-qiz tarbiyalanayotgan maskanga bir guruh homiy tashkilotlar vakillari tashrif buyurdi.

Ular tomonidan toʻkin bayram dasturxoni yozildi. Davrada bolajonlarga ezgu tilaklar bildirildi. 

Mehmonlar muassasa kutubxonasiga 90 ta badiiy kitob ham sovgʻa qilishdi. Shuningdek, yangi oʻquv yili arafasida oʻgʻil-qizlarga turli oʻquv qurollari ulashildi. 

– Bolajonlarimiz davlatimiz va jamiyatimizning eʻtiborini doimo his qilib turishadi, – deydi muassasa direktori Saida Sharipova. – Ular yozgi taʻtilda – sogʻlomlashtirish oromgohlarida miriqib dam olishdi. Joriy taʻmirlash ishlari yakunlangan muassasamiz binosi ularning yashashi va darslardan soʻng boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlarida yanada qulay imkoniyatlarga ega boʻldi. 

Erkin Yodgorov, OʻzA
2 353