Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.09.2018 11:09 Chop etish versiyasi

Har kim oʻz ishiga vijdonan va qonunan yondashsa...

Har kim oʻz ishiga vijdonan va qonunan yondashsa...

Aholining aksariyat murojaatlarida Vazirlar Mahkamasining qarori talabi buzilayotgani kuzatilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorining 7-bob 51-bandida koʻrsatilganidek, “Isteʼmolchi, elektr energiyasini hisobga olish asboblarini isteʼmolchining mablagʻi hisobiga sotib olinadi va qiyoslovdan oʻtkaziladi. Hududiy elektr korxonalari tomonidan Byuro bilan hamkorlikda bepul oʻrnatiladi, plombalanadi va roʻyxatdan oʻtkaziladi”, deb belgilab qoʻyilgan.

Biroq aholining aksariyat murojaatlarida Vazirlar Mahkamasining ushbu qarori talabi buzilayotgani kuzatilmoqda.

Jumladan, tumanning Samandarak qishlogʻida yashovchi fuqaro N.Sodiqov yozgan arizasida koʻrsatilishicha elektr hisoblagichini qoʻyganiga 11 yil boʻlishiga qaramay, elektr korxonasi bazasiga kiritilmaganligi, buning oqibatida elektr energiyasidan 740000 soʻm qarzdorlik hisoblanganligidan eʼtiroz bildirilgan.

Jamiyat mutaxassislari va tuman MIB xodimi hamda tuman ETK xodimlari fuqaro N.Sodiqov bilan birgalikda holatni oʻrganganida fuqaro N.Sodiqovga elektr energiyasi isteʼmolchisi sifatida tegishli hisob-raqami berilganligi, yashash xonadonidagi elektr hisoblagichni 2007 yilda almashtirganligi, lekin tuman ETK xodimi tomonidan hisoblagichni almashtirilganligi toʻgʻrisidagi “Naryad dalolatnomasi” rasmiylashtirilmaganligi, ETK PK-hisob dasturida esa umuman boshqa hisoblagich raqami turganligi, qolaversa ETK nazoratchisi tomonidan muntazam notoʻgʻri koʻrsatgich kiritib borganligi oqibatida fuqaroning elektr energiyasidan boʻlgan qarzdorligi 740 000 soʻmni tashkil qilgan.

Kuzatuv natijasida fuqaro elektr toʻlov daftarchasi va hisoblagich oxirgi koʻrsatgichi boʻyicha hisob-kitob qilinganida qarzdorlik aslida 740 000 soʻm emas, 18 000 soʻmni tashkil etganligi aniqlandi. Shuningdek, fuqaroning xonadonidagi DDS 28U markali, elektron hisoblagich “Naryad dalolatnomasi” asosida “Elektr hisob” dasturiga kiritildi va isteʼmolchining talabi toʻliq qondirildi.

Bundan xulosa shuki, har bir xodim oʻz ishiga vijdonan va qonun talabi boʻyicha yondashsagina yuqoridagi kabi kamchiliklarni bartaraf etib, isteʼmolchilarimizning sarsongarchiligi va ularga yetkazilayotgan moddiy, maʼnaviy zararlarning oldini olgan boʻlamiz.

M.Oltiboyeva,
Bagʻdod tuman IHHQJ matbuot va 
axborot mutaxassisi

OʻzA
1 351