Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

14.08.2017 19:52 Chop etish versiyasi

Har bir murojaat e’tiborda

Mamlakatimizda Prezidentimiz tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan aholi bilan ochiq muloqotlar inson manfaatlarini ta’minlash, huquq va erkinliklarini himoya qilishda yuksak samaralar bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Nukus shahridagi Xalq qabulxonasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi M.Erniyazov tomonidan o‘tkazilgan qabul chog‘ida 30 dan ziyod fuqaroning murojaati tinglandi.

Murojaatlarning aksariyati uy-joy, yer uchastkasi ajratish, ishga joylashish, sog‘liqni saqlash, pensiya, bolalar nafaqasi, sud-huquq tizimi, bankdan kredit olish masalalariga oid bo‘lib, ularning aksariyati shu yerda hal etildi.

Nukuslik Temur Xo‘jamuratov aholiga ko‘rsatayotgan tibbiy xizmat doirasini yanada kengaytirish maqsadida yer uchastkasi olib, xususiy klinika qurishga qaror qilgan edi. Shu niyatda shahar markazidan yer uchastkasi ajratishlarini so‘rab, turli idoralar eshigini qoqdi. Ish ijobiy hal etilavermagach, Xalq qabulxonasiga murojaat qilishga majbur bo‘ldi.

– Arizam atroflicha o‘rganilib, klinika qurilishi uchun yer uchastkasi ajratib beriladigan bo‘ldi, – deydi T.Xo‘jamuratov. – Prezidentimiz tashabbusi bilan odamlarning dardini tinglash, ularning og‘irini yengil qilish, muammolarini joyida hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlardan xalqimizning ko‘ngli tog‘dek ko‘tarilmoqda.

Qabul davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi vazirliklar, idoralar, tegishli tashkilotlar rahbarlariga aholi bilan doimiy muloqot olib borish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish va hal etish yuzasidan aniq vazifalar yuklatildi.

Aminboy Ortiqboyev, O‘zA
2 143






Все о погоде - Pogoda.uz