O‘zA O`zbek

28.08.2018 09:53 Chop etish versiyasi

Har bir mahallada futbol maydonlari tashkil etiladi

Har bir mahallada futbol maydonlari tashkil etiladi

Mahallalarda futbol maydonlarini tashkil etish uchun yer uchastkalarini bepul asosda ajratish tartibi belgilandi.

Fuqarolar yigʻinlarida sportning futbol turini yanada rivojlantirish hamda fuqarolar yigʻinlari raislarining oʻrinbosarlari – yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilarni moddiy ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqida adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Endilikda, xususiy sherikning mulki negizida tashkil qilingan futbol holatini yaxshilashga koʻmaklashish asosida har bir mahallada futbol maydonlari tashkil etiladi.

Qarorga muvofiq, “Har bir mahallada futbol maydoni” dasturi hamda mahallalarda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida zamonaviy futbol maydonlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Mazkur nizom bilan mahallalarda futbol maydonlarini tashkil etish uchun yer uchastkalarini bepul asosda ajratish tartibi ham belgilandi.

OʻzA
1 512