O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

10.09.2018 16:30 Chop etish versiyasi

Hammaning koʻz oʻngida dastgohda mato toʻqildi

Hammaning koʻz oʻngida dastgohda mato toʻqildi
Shahrisabzda oʻtkazilayotgan 1-Xalqaro maqom sanʼati anjumanida yurtimiz hunarmandlari ham faol ishtirok etmoqda.

Buxoroning misgarlik buyumlari koʻzni qamashtirsa, Xorazmning yogʻoch oʻymakorligi, Surxondaryo va Toshkent kashtalari, oʻzgacha yoʻnalishda tayyorlangan zardoʻzlik buyumlari, Andijonning musiqa asboblari mehmonlar hayratini oshirmoqda.

– Viloyatimizdan 30 dan ortiq hunarmand oʻzi tayyorlagan mahsulotlar bilan ishtirok etdi, – deydi “Hunarmand” uyushmasi Fargʻona viloyati boʻlimi badiiy kengashi raisi H.Hamroqulov. – Xorijliklar hunarmandlarimiz tayyorlagan mahsulotlarni xarid qildi. Misol uchun, margʻilonlik adras va atlas toʻquvchilarimiz 20 ming metrdan ortiq mato sotdi.

259cc851-cd64-4ed1-8940-97bc7c0176b6.jpg

Haqiqatdan ham Fargʻona viloyati stendida joylashtirilgan yogʻoch oʻymakorligi, misgarlik buyumlari, gulli va chokli buyumlar, yaʼni chevarlarning mahsulotlari, egar jabduqlardan xorijliklar zavqlandi. Adras toʻquvchi usta Abdunabi Toshtemirov tomoshabinlar koʻz oʻngida toʻqish dastgohi oʻrnatib, kuniga 8 metr adras matosi toʻqidi. Ular shu yerning oʻzida xaridorini topdi.

909c84c1-b807-469b-915b-73e49076ff45.jpg

Eng qizigʻi, stend atrofiga Oltiariq tumanidan tokni pishib yetilgan hosili bilan keltirib ekilgani boʻldi. Xorijlik mehmonlar uzumni oʻz qoʻllari bilan uzib, yeb koʻrdi.

OʻzA