Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

10.08.2018 18:17 Chop etish versiyasi

Hamkorlik shartnomasi imzolandi

Hamkorlik shartnomasi imzolandi
“O‘zbekgidroenergo” va “Gidroloyiha” aksionerlik jamiyati mutaxassislari Moskva davlat milliy tadqiqot qurilish universiteti vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda gidrotexnika inshoatlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanishning innovatsion texnologiyalarini qo‘llash borasidagi muammolar, bu boradagi fikr-mulohazalar muhokama qilindi.

– Bugungi uchrashuv gidroenergetika sohasidagi muammolarni hal qilish borasida muhim ahamiyat kasb etish kerak, – deydi“Gidroloyiha” aksiyadorlik jamiyati direktori Alibek Ahmedov. – Shu bois ham biz holatni har jihatdan tahlil qilish hamda kamchiliklarni tushinib olishga harakat qilmoqdamiz. Bu esa chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini yanada yaxshilash uchun loyihalash-qidiruv ishlarini yuksaltirishda muhim qadam bo‘lib qolishiga ishonaman.

– Bugun biz o‘z tajribalarimiz bilan o‘rtoqlashdik, – deydi Moskva gidroenergo qurilish institut direktori Nikolay Aniskin. – Kelgusida gidrotexnik obyektlarni loyihalashda BIM-texnologiyalarni qo‘llash, loyihalash va boshqa texnik yo‘nalishlar mutaxassislarining qo‘shimcha professional ta’limi (malakasini oshirish, kasbiy qayta tayyorlash) uchun bizning professorlarimiz Toshkentga keladi.Biz hamkorlikdarekonstruksiya qilish hollarida kelajakdagi jihozlarni yanada ixchamroq va oqilona joylashtirishni, favqulodda holatlarning oldini olish uchun konstruksiyalarning buzilishi va kuchsizlanishi mumkin bo‘lgan joylarni oydinlashtirish maqsadida lazerli 3D skanerlash va gidrotexnik qurilishda foydalaniluvchi betonli aralashmalar ishlab chiqarish uchun eng yangi ishlanmalar va ularning yechimlarini amaliyotga joriy etishga kelishib oldik.

Uchrashuv doirasidakadrlar masalasi va tajriba almashinish borasida “Gidroloyiha” aksiyadorlik jamiyati va Moskva davlat milliy tadqiqot qurilish universiteti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

O‘zA
1 892