O‘zA O`zbek

18.08.2018 07:00 Chop etish versiyasi

Hamjihatlik va obodlik tadbiri

Hamjihatlik va obodlik tadbiri
Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!

Mamlakatimizdaumumxalq xayriya hashari boshlandi.

Mustaqilligimizning 27 yilligiga tayyorgarlik ko‘rish hamda Qurbon hayiti bayramini munosib nishonlash maqsadida tashkil etilgan ushbu umuxalq xayriya hasharida barcha hamyurtlarimiz faol qatnashmoqda.

Milliy an’ana va qadriyatlarimizni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, ularning asl mazmun-mohiyatini yosh avlodga bezavol yetkazishmasalasi mustaqillik yillarida ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Azaliy qadriyatlarimizning ajralmas bo‘lagi hasharda – xalqimizning ahilligi, hamjihatligi, saxovati, yurtiga sadoqati yanada yaqqol namoyon bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishi asosida joriy yil avgust oyi mamlakatimizda obodonlashtirish va tozalik oyligi,18-19 avgust kunlari umumxalq xayriya hashari kuni, deb e’lon qilindi.

Erta tongdanoq mamlakatimizning barcha hududlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida umumxalq xayriya hashari ko‘tarinki ruhda, uyushqoqlik bilan boshlandi.

Hashar kunlari mahallalardagi 37 ming gektarga yaqin maydonni obodonlashtirish, 24 ming kilometrdan ziyod uzunlikdagi ariq va lotoklarni tozalash, 8 mingdan ortiq qabriston hamda 760 tadan ziyod ziyoratgoh va qadamjolarni obodonlashtirib, tartibga keltirish, 10 milliontaga yaqin daraxtlarni oqlash, butash, maishiy chiqindilarni maxsus joylarga tashib chiqarish ko‘zda tutilgan.

“Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin!” aksiyasi o‘tkazilib, 17 mingdan ortiq kam ta’minlangan oilalarning 250 ming metr kvadratga yaqin uy-joyini hashar yo‘li bilan ta’mirlash, 20 mingdan ziyod ehtiyojmand oilalarga, shundan 11 ming nafardan ortiq nogiron va yolg‘iz qariyaning, ming nafardan ziyod urush va mehnat fronti faxriylarining holidan xabar olib, ularga moddiy yordamlar ko‘rsatish nazarda tutilgan.

Tadbirlarni amalga oshirish ishlarida 17 million nafardan ziyod fuqaroning ishtiroki rejalashtirilmoqda. Shulardan 9 millionga yaqinini yoshlar tashkil etadi.

Aslida turar-joylar, mahalla-ko‘y, tevarak-atrofni toza va ozoda saqlash xalqimizga xos fazilat. Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan odamlar og‘irini yengil qilish, xalqimiz uchun munosib turmush, mehnat sharoitlarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ezgu sa’y-harakatlar natijasida yurtimiz qiyofasini tubdan o‘zgartirish, uni yanada obod, go‘zal, ozoda qilishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Xalqimizni kuchli ijtimoiy himoyalashga yo‘naltirilgan “Obod mahalla”, “Obod qishloq” dasturlarining izchillik bilan hayotga joriy etilayotgani yangi-yangi turar joylar, tibbiyot ta’lim, sport-sog‘lomlashtirish maskanlarini barpo etish, mavjudlarini tubdan ta’mirlash, rekonstruksiya qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2018 yil 28 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma yetti yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq joylarda eng ulug‘, eng aziz ayyomimizga alohida tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Namunali loyihalar asosidagi yangi-yangi turar joylar, ijtimoiy obyektlar, bolalar maydonchalari qurilib foydalanishga topshirilmoqda.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi hamda “Mahalla” xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvida umumxalq xayriya hasharini yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha Ishchi guruhi tuzildi. O‘tkazilayotgan hashar davomida ko‘p ming gektarli maydonga ega hududlar obodonlashtirilib, ariq-zovur va lotoklar tozalanyapti. Ziyoratgohlar, qabristonlar tartibga keltirilmoqda. Daraxt va ko‘chatlarga shakl berilib, oqlandi. Hashar ishlariga eng zamonaviy texnika vositalari jalb etilib, maishiy chiqindilar belgilangan joylarga tashib chiqarildi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan oilalar, yakka-yolg‘iz keksalar ham e’tibordan chetda qolmayapti. Kam ta’minlangan oilaning uy-joyi hashar yo‘li bilan ta’mirlanmoqda. Ehtiyojmand oilalar, jumladan, nogiron va yolg‘iz qariyalarning holidan xabar olinib, ularga moddiy yordam berilmoqda.

Hashar kunlari yurtimi

z mahallalarida ko‘plabsavdo va maishiy xizmat ko‘rsatish obyekti – do‘kon, go‘zallik saloni, sartaroshxona, dorixona, to‘yxona, kutubxona, novvoyxona, mahalla guzari, nuroniylar markazi foydalanishga topshirilayapti. Yangidan-yangi mahalla fuqarolar yig‘ini binolari, bolalar sporti maydonchalari, mo‘jaz o‘yingohlar ishga tushirilmoqda.

Qutlug‘ ayyom arafasida 18-19 avgust kunlariga belgilangan hashar davomida bu boradagi ezgu ishlar hajmi yanada ortdi. Ko‘cha va xiyobonlar, bog‘lar yanada saranjom sarishta holatga keltirilmoqda. Ariq va zovurlar, kanallar, anhor sohillari turli chiqindilardan tozalanib, yanada fayzli qiyofa kasb etmoqda. Yo‘llar asfaltlanib, dov-daraxtlar, archa va butalarga shakl berilmoqda. Muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, qabristonlartozalanmoqda.

Hamjihatligimiz va ahilligimiz ramzi bo‘lgan umumxalq xayriya hasharida yoshlar faol qatnashmoqda. Ular qalbiga “Obodlik ko‘ngildan boshlanadi” degan g‘oyani chuqur singdirishga, o‘z uyi, mahallasi, mehnat jamoasi hududini toza-ozoda saqlashiga, o‘z yurti, jamiyat oldidagi ijtimoiy burchini teran his etishigaalohida e’tibor qaratilmoqda.

Hashar kunlarida xalqimizga xos bo‘lgan saxovat, mehr-muruvvat, vatanparvarlik, yurt taqdiri uchun daxldorlik tuyg‘usini har bir yurtdoshimiz namoyish etmoqda.

Nazokat Usmonova, O‘zA
2 469