Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

11.08.2017 16:30 Chop etish versiyasi

Hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlash yo‘lida

Toshkent viloyati Bekobod tumanida fuqarolar yig‘inlari raislarining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari uchun o‘quv-seminar o‘tkazildi.

Davlatimiz rahbarining 2017-yil 3-fevraldagi “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida tashkil etilgan tadbirda viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limlari vakillari, Bekobod shahri, Bekobod va Bo‘ka tumanlarida faoliyat yuritayotgan mahalla raislari, maslahatchilar va nuroniylar ishtirok etdi.

O‘quv-seminarda yoshlarni vatanparvarlik va milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, mahallalarda osoyishtalikni mustahkamlash, keksalarning ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash borasida joylarda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligi o‘rganildi.

– Joriy yilning birinchi yarmida tuman va shaharlarda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, mahallalarni obodonlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha muhokama qilindi, – deydi Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha viloyat kengashi raisi o‘rinbosari Z.Jo‘rayeva. – Ayniqsa, to‘y-marosimlarni ortiqcha chiqimlarsiz o‘tkazishga alohida e’tibor berish, oilaviy ajrimlarni kamaytirish borasida jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan bir qator vazifalar belgilandi.

Seminar yakunida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, uyushmagan yoshlar bandligini ta’minlash va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha qilinayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.


Abdulaziz Musayev, O‘zA
1 682






Все о погоде - Pogoda.uz