Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

03.03.2017 12:57 Chop etish versiyasi

Hamisha ardog‘imizdasiz

Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi, Toshkent shahar hokimligi tomonidan poytaxtimiz tumanlarida “Ayol borki, olam munavvar” mavzuida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

«Zarafshon» konsert zalida tashkil etilgan tadbirga Uchtepa tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan faol ayollar, faxriy onaxonlar, iqtidorli qizlar taklif etildi.

Uchtepa tumani hokimi o‘rinbosari, tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M.Oripova va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida xotin-qizlarning hayot sifatini oshirish, onalik va bolalikni muhofaza qilish, qizlarning zamonaviy kasb-hunarlarni egallab, hayotdan munosib o‘rin olishi uchun barcha sharoit yaratilganini ta’kidladi.

Tadbirda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalarni izchillik bilan amalga oshirish, xususan, ayollar salomatligini mustahkamlash, o‘smir qizlarni ixtisoslashgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan keng ko‘lamli ishlar olib borilayotgani qayd etildi.

– Osmoni tinch, yurti osuda, o‘tayotgan har kuni bayram, farzandlari baxtiyor elning ayoli ekanimdan faxrlanaman, – deydi Uchtepa tumanidagi «Istirohat» mahalla fuqarolar yig‘ini raisining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi Dilbar Abdullayeva. – Yurtimizda xotin-qizlarga hurmat, e’zoz va e’tibor ko‘rsatish yuksak darajaga ko‘tarilgan. Mahallamizda ayollarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni ish bilan ta’minlash, qizlarimizning iqtidor va salohiyatini yuzaga chiqarish uchun ko‘plab sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda.

Ishlab chiqarish, ilm-fan, tadbirkorlik, hunarmandlik, sport, san’at sohalarida katta yutuqlarni qo‘lga kiritayotgan bir guruh faol ayollarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Taniqli xonandalar ijrosidagi qo‘shiqlar qalblarga shodlik ulashdi.

Azima Qiyosova, O‘zA
1 923






Все о погоде - Pogoda.uz