Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

15.09.2017 16:43 Chop etish versiyasi

Hakamlik sudlari qanday bo‘lishi kerak?

Samarqandda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan “O‘zbekistonda hakamlik sudlari faoliyatini takomillashtirish masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25-yilligi munosabati bilan tashkil etilgan seminarda palataning hududiy boshqarmalari vakillari va ularning huzuridagi hakamlik sudi, viloyat sudlari sudyalari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari J.O‘roqov, Samarqand viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Xudoyberdiyev va boshqalar bugungi kunda hakamlik sudlari faoliyatini samarali tashkil etish, sohada yig‘ilib qolgan muammolar va ularni bartaraf qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar haqida so‘z yuritdi.

– Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari orasida kelib chiqadigan nizolarni hal etishda hakamlik sudlari muhim o‘rin tutadi, – deydi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Xalqaro tijorat hakamlik sudi raisi F.Otaxonov. – Hakamlik sudlari faoliyati to‘g‘risida qonun bor, huquqiy asoslari yaratilgan, ammo ayni vaqtda ularning faoliyatini qoniqarli, deb bo‘lmaydi. Seminarda buning sabablari, muammolarni bartaraf etish choralarini ko‘rib chiqib, zarur taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Ishtirokchilar Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi huzuridagi hakamlik sudi faoliyati bilan tanishib, o‘zaro tajriba almashdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javob oldi.

G‘olib Hasanov, O‘zA
2 178






Все о погоде - Pogoda.uz