O‘zA O`zbek

07.08.2018 14:34 Chop etish versiyasi

Gurvak – Xorazm qovunchiligi ramzi

Gurvak – Xorazm qovunchiligi ramzi
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, Xiva shahri “Ichan qal’a” davlat muzeyi-qo‘riqxonasi hududida tashkil etilishi rejalashtirilayotgan qovun sayli avgust oyining 12 sanasida o‘tkaziladigan bo‘ldi.

Har yili an’anaviy tarzda amalga oshiriladigan mazkur loyiha “Gurvak – Xorazm qovunchiligi ramzi” shiori ostida o‘tkaziladi.

Loyiha dasturidan teatrlashtirilgan tomoshalar, ashula va raqs ansambllari hamda folklor-etnografik jamoalarning chiqishi, el suygan san’atkorlar ishtirokidagi galakonsert, viloyatning qovun yetishtiruvchi dehqonlari o‘rtasida turli nominatsiyalar bo‘yicha musobaqalar va hunarmandlarning milliy ijod namunalaridan ko‘rgazmalar o‘rin olgan. 

Dunyoga mashhur Xorazm qovunlarining tilni yorar shirasidan bahramand bo‘lishni istagan barchani qovun sayliga taklif qilamiz!

O‘zA
3 579