Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

03.03.2017 12:26 Chop etish versiyasi

Gulistonda muddatli harbiy xizmatdan qaytgan yigitlar tantanali kutib olindi

Guliston temir yo‘l vokzalida muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yigitlarning bir guruhini tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimizning 2016-yil 21-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatlarini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan tadbirda Sirdaryo viloyati hokimligi, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi, mudofaa ishlari, ichki ishlar boshqarmalari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi vakillari, ota-onalar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Sirdaryo viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik M.Nishonov va boshqalar mamlakatimiz Qurolli Kuchlarida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar samarasida muddatli harbiy xizmatni o‘tashning chaqiruvdan zaxiraga bo‘shatishgacha bo‘lgan jarayoni qayta ko‘rib chiqilib, zamonaviy talablarga muvofiqlashtirilganini ta’kidladi. Bugun milliy armiyamiz saflarida yigitlik burchini o‘tayotgan askarlar kelgusi hayotida asqotadigan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lmoqda.

Muddatli harbiy xizmatdan qaytgan yigitlar ota-onasini ma’naviy va intellektual yuksalgani, jismoniy chiniqqani bilan ham xursand qilmoqda.

– Harbiy xizmat davomida jismonan chiniqdim, hayotga munosabatim o‘zgardi, – deydi Shohboz Qarshiboyev. – Aslida Vatan va el-yurt oldidagi haqiqiy xizmat endi boshlanmoqda, deb o‘ylayman. Toblandim, dunyoqarashim, tafakkurim o‘zgardi, Vatan, tinchlik degan yuksak tuyg‘ular qadriga yetadigan bo‘ldim. Binobarin, yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yo‘lida yanada ko‘p o‘qish, kasb egallash, fidokorona mehnat qilish lozimligini angladim.

Abdujalol Qayumov, O‘zA
1 471






Все о погоде - Pogoda.uz