Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.12.2017 14:42 Chop etish versiyasi

Gulistonda 225 oila Konstitutsiya bayramini yangi uyda nishonlaydi

Gulistonda 225 oila Konstitutsiya bayramini yangi uyda nishonlaydi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi bayrami arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda aholi uchun har tomonlama qulay sharoit yaratish va namunaviy loyihalar asosida yangi uy-joylar barpo etishga qaratilayotgan alohida e’tibor yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.

10.JPG

Prezidentimizning 2016-yil 2-noyabrdagi “2017-2020-yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uy-joylar qurish va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida har biri qirq beshtadan, jami 225 xonadonga mo‘ljallangan ushbu uylar “Temur Malik” hamda “Yangiyer trans fayz servis” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari quruvchilari tomonidan bunyod etildi.

– Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan yangilangan loyihalar asosida barpo etilgan uylardan 2 xonali bir uy oldik, – deydi uy to‘yini nishonlayotgan, Guliston shahridagi akademik litsey o‘qituvchisi M.Bo‘riyeva. – Barcha qulayliklar mujassam xonalar shinam, keng va yorug‘. Tabiiy gaz, elektr energiyasi, ichimlik suvi bekamu ko‘st ishlamoqda. Ayniqsa, har bir xonadonga o‘rnatilgan 2 konturli zamonaviy isitish qozonining ishlash tizimi bizga juda manzur bo‘ldi.

4 (1).JPG

Guliston shahrida barpo etilayotgan ushbu yangi mahallaga “Buyuk kelajak” degan nom berildi. Ayni paytda bu yerda yana sakkizta uy qurilishida ish qizg‘in bormoqda. 2020- yilga qadar shaharda xuddi shunday yana 15 uy barpo etilishi rejalashtirilgan.

Milliy urf-odatlarimizga ko‘ra, Guliston shahar hokimligi tomonidan uy to‘yiga atab dasturxon yozildi, osh tortildi. San’atkorlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar barchaga xush kayfiyat bag‘ishladi.

Tarbirda Sirdaryo viloyati hokimi G‘.Mirzayev so‘zga chiqdi.

Abdujalol Qayumov, Furqat Toshmatov (surat), O‘zA
527






Все о погоде - Pogoda.uz