O‘zA O`zbek

30.08.2018 12:04 Chop etish versiyasi

Goʻsht 43000, guruch 13000, pomidor 7000, tuxum 750 so`m

Goʻsht 43000, guruch 13000, pomidor 7000, tuxum 750 so`m

Poytaxtning Farxod, Mirobod dehqon bozorlarida 1 kg. pomidor 3000 soʻmdan 7000 soʻmgacha sotilayotgan boʻlsa, Qoʻyliq dehqon bozoridan ushbu mahsulotni 2000 ming soʻmdan, Yunusobod dehqon bozoridan esa 1500 soʻmdan xarid qilish mumkin.

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahri markaziy bozorlarida sotilayotgan (oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xoʻjalik) mahsulotlar narxlarini oʻrganishni davom etadi.

Mamlakat bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining 2018 yil 26 avgust holatidagi narxlari.

MOL GOʻSHTI
26 ming soʻmdan 42 ming soʻmgacha

D4A57E40-1FCC-4C7E-832B-F38075E3ABD3_cx0_cy10_cw0_w1023_r1_s.jpg

Mamlakatimiz bozorlarida 1 kg. mol goʻshti 26 ming soʻmdan 42 ming soʻmgacha boʻlgan narxlarda sotilmoqda. Eng arzon narxlar oʻtgan haftalarda kuzatilganidek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi bozorlarida uchratish mumkin – 26 ming soʻm.

Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida 1 kg. mol goʻshti 26 – 40 ming soʻm. Oʻtgan haftada ushbu bozorda 1 kg. mol goʻshti 26 – 39,5 ming soʻmdan sotilayotgani kuzatilgandi.

Toshkent shahrining “Farhod”, “Mirobod”, “Yunusobod”, “Chorsu”, “Qoʻyliq” dehqon bozorlarida 1 kg. mol goʻshti 28 ming soʻmdan 40 ming soʻmgacha sotilmoqda. Oʻtgan haftada eng qimmat narxlardagi mol goʻshti faqat “Qoʻyliq” bozorida (43 ming soʻm) sotilgan boʻlsa, bu haftada ushbu bozorda goʻsht narxi ancha arzonlashganini kuzatish mumkin – 28 – 38 ming soʻm.

“Mirobod” bozorida – 28 – 37 ming, “Yunusobod” bozorida 28 – 36 ming, “Farhod” bozorida 28 – 40 ming, “Chorsu” bozorida 28 – 38 ming soʻmgachaga sotilmoqda.

QOʻY GOʻSHTI
31 ming soʻmdan 43 ming soʻmgacha

15ED8D8D-8CEE-41E0-9432-40E557DD2162_w1023_r1_s.jpg

Eng arzon narxlardagi qoʻy goʻshti – poytaxtning “Mirobod”, “Chorsu” bozorlarida – 28 ming soʻm. Eng qimmati ham Toshkent shahar bozorida – 1 kg. qoʻy goʻshti “Farhod” bozorida 43 ming soʻm.

TOVUQ GOʻSHTI
11 ming soʻmdan 19 ming soʻmgacha

9255f1ea211f0420f24e0d9bb2df9f51_720x480.jpg

Eng arzon tovuq goʻshti Urganch shahar Markaziy dehqon bozorida – 11 ming soʻm. Eng qimmat narxda ushbu mahsulot Fargʻona markaziy dehqon bozorida sotilmoqda – 19 ming soʻm. Umuman olganda, mamlakat bozorida 1 kg. tovuq goʻshti oʻrtacha 14 – 16 ming soʻmdan isteʼmolchilarga yetkazib berilmoqda.

GURUCH
4 ming soʻmdan 13 ming soʻmgacha

ris-devzira-2-4-lazer.jpg

Respublika bozorlarida guruchni 4-13 ming soʻmgacha uchratish mumkin. Qoʻyliq dehqon bozoridagi eng qimmat narxdagi guruch bu haftada ham saqlanib qolgan – 13 ming soʻm. Eng arzon guruch Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida – 3500 soʻm. Qoʻyliq dehqon bozoridagi 13 ming soʻmlik guruch ushbu bozorda 11 ming soʻmdan sotilmoqda.

OʻSIMLIK YOGʻI
12 ming soʻmdan 8 ming soʻmgacha

fe6ddc67a20b6100053ad6be91646d72.jpg

Mamlakatimiz bozorlarida 1 kg. oʻsimlik yogʻi 8-12 ming soʻmdan sotilmoqda. Ushbu mahsulotning eng qimmati Nukus hamda Urganch shahar Markaziy dehqon bozorlarida – 12 ming. Eng arzon narxlarni Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida – 8 ming soʻm.

UN
4 ming soʻmdan 2500 soʻmgacha

1-1.jpg

Eng arzon narx Qarshi shahri “Yerqoʻrgʻon” dehqon bozorida kuzatildi – 1 kg. 1-navli un 2500 soʻm. Oʻtgan haftada ushbu bozorda un 1500 soʻmdan sotilgan edi. Bu esa mazkur bozorda unning qimmatlashganini koʻrsatmoqda. Eng qimmat narxlar esa Yangi shahar bozori (Andijon), Buxoro, Navoiy, Guliston shahar Markaziy dehqon bozorlari, shuningdek, poytaxt bozorlarida – 4 ming soʻm.

SHAKAR
5 200 soʻmdan 4000 soʻmgacha

2018-05-08-171720-36c09f33c.jpg

Eng qimmat narxlardagi shakar Yangi (Andijon), Jizzax shahar markaziy dehqon bozorlarida – 1 kg. shakar 5 500 soʻm. Eng arzoni esa Buxoro, Navoiy shahri “Sahovat” MCHJga qarashli markaziy dehqon bozorlarida – 4 ming soʻm.

TUXUM
750 soʻmdan 300 soʻmgacha

eggs-1.jpg

Bu haftada koʻplab bozorlardagi tuxum narxlari oʻrtacha 400-500 soʻmdan sotilmoqda. Eng arzon narx Navoiy shahri “Sahovat” MCHJga qarashli markaziy dehqon bozori hamda Namangan shahri “Sardoba” dehqon bozorida – 300 soʻm. Eng qimmat narx Farxod dehqon bozori (Toshkent shahri)da 750 soʻmdan sotilmoqda. Eʼtiborlisi, ushbu bozorda tuxumni 300 soʻmdan ham xarid qilish mumkin.

KARTOSHKA
700 soʻmdan 3000 soʻmgacha

kartoshka.jpg

Guliston shahri Markaziy dehqon bozoridan 1 kg. kartoshkani 1500 soʻmdan 3000 ming soʻmgacha xarid qilish mumkin. Oʻtgan haftadagi ushbu narx saqlanib qolgan. Eng arzon narxlardlagi kartoshka Qarshi shahri “Yerqoʻrgʻon” dehqon bozorida – 700 soʻm!

POMIDOR 
7000 сўмдан 2000 сўмгача 

Без названия.jpg


Пойтахтнинг Фарход, Миробод деҳқон бозорларида 1 кг. помидор 3000 сўмдан 7000 сўмгача сотилаётган бўлса, Қўйлиқ деҳқон бозоридан ушбу маҳсулотни 2000 минг сўмдан, Юнусобод деҳқон бозоридан эса 1500 сўмдан харид қилиш мумкин.

OʻzA
3 019