O‘zA O`zbek

29.08.2018 22:56 Chop etish versiyasi

“GM UZBEKISTAN”: “Sunʼiy” navbat va “defitsit”ni vujudga keltirish holatlari boʻyicha tekshiruv oʻtkazilmoqda

“GM UZBEKISTAN”: “Sunʼiy” navbat va “defitsit”ni vujudga keltirish holatlari boʻyicha tekshiruv oʻtkazilmoqda Soʻngi 5 kun ichida “GM Uzbekistan” AJ tomonidan 12 437 ta shartnomalar rasmiylashtirildi va koʻngilsiz holatlar, yaʼni avtomobilga “sunʼiy” navbatlarni va ular boʻyicha “defitsit”ni vujudga keltirish holatlari kuzatildi

“Oʻzavtosanoat” AJ maʼlum qilishicha, 2018 yilning 24 dan 28 avgustga qadar “GM Uzbekistan” AJ tomonidan 12 437 ta shartnomalar rasmiylashtirildi va undan tashqari haridorlar tomonidan 1333 tasi rad etildi (shundan, 385 tasi Damas, 430 tasi Neksiya va 100 tasi Malibu avtomobillari).

Shu bilan birga, koʻngilsiz holatlar, yaʼni avtomobilga boʻlgan “sunʼiy” navbatlarni va ular boʻyicha “defitsit”ni vujudga keltirish holatlari xam kuzatildi. Bu omillar boʻyicha kelgusida ularni kelib chiqishini bartaraf etish maqsadida tekshiruv oʻtkazilmoqda.

Haridorlar manfaatini koʻzlab navbatda turishning shaffofligini taʼminlash uchun kompaniya tomonidan avtomobillarga elektron ariza berish va shartnomani rasmiylashtirish tizimi qayta koʻrib chiqilmoqda. Yaqin kunlarda shu masalaga taʼluqli maʼlumotlar taqdim etiladi.

Dilerlik markazlarida noqonuniy ishlar sodir etilsa va haridorlardan qoʻshimcha xaq soʻrab zoʻravonlik qilinsa darhol (+99871) 141 77 77 telefon raqami orqali Call-sentrga murojaat qilishingizni soʻraymiz. Bunda sizning murojaatingiz boʻyicha tezkor yechim topiladi. Barcha noqonuniy hatti-harakatlar alohida nazoratga olingan.

OʻzA
2 049